Kontent qismiga oʻtish

Seara

Koordinatalari: 5°5′0″S 40°23′0″W / 5.08333°S 40.38333°W / -5.08333; -40.38333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seara
portugalcha: Ceará

Gerb
Gerb
Bayroq (Taʼrif)
Bayroq
Braziliya shtati
Tegishli Shimoli-sharqiy hudud
Maʼmuriy markazi Fortaleza shahri
Aholi (2010) 8 452 381 kishi
Zichligi 56,76 kishi./km²
Maydoni 148 920,5 km² (17-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC-3
Kod ISO 3166-2 BR-CE
Rasmiy sayti https://www.ceara.gov.br
Xaritada
Seara xaritada
Seara, Xarita
5°5′0″S 40°23′0″W / 5.08333°S 40.38333°W / -5.08333; -40.38333

SearaBraziliyaning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 146,3 ming km². Aholi 7,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Fortaleza sh. Shimolida Atlantika okeani sohil boʻyi pasttekisligiga oʻtib boruvchi Braziliya yassitogʻligining shim.sharqiy yon bagʻirlarida (bal. 300–600 m) joylashgan. Iqlimi subekvatorial iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 27°, iyulda 25°. Yillik yogʻin 1000–1300 mm. Oʻrmonlar, savannalar, daryo vodiylarida palmazorlar bor. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi. Asosan, paxta, banan, shakarqamish, maniok, makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, kofe, tamaki, sitrus mevalar yetishtiriladi. Ichki hududlarda ekstensiv chorvachilik, shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. S. karnaub palmasi tolasi tayyorlash, keshyu yongʻogʻi, kauchuk yigʻish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Gips, qurilish shagʻallari, magnezit, dengizdan tuz olinadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Mukuripi, Arakati.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil