Parana (shtat)
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Kuritiba | ||
Aholi (2010) | 10 444 526 kishi | ||
Zichligi | 52,40 kishi./km² | ||
Maydoni | 199 316,7 km² (15-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-3 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-PR | ||
Rasmiy sayti | https://www.pr.gov.br/ pr.gov.br | ||
Xaritada | |||
24°0′0″S 51°0′0″W / 24.00000°S 51.00000°W |
Parana (portugalcha: Paraná) — Braziliyaning jan. qismidagi shtat. Maydoni 199,7 ming km². Axrlisi 9,5 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kuritiba shahri Yirik shaharlari — Paranagua, Ponta-Grosa, Londri-na. Hududining katta qismi pastroq platodan (balandligi 400–900 m) iborat, uning sharqiy qismini Serradu—Map tizmalari (eng baland joyi 1889 m) egallagan. Ikdimi tropik, oʻrtacha oylik temperaturalar 14—19° dan 20-25°gacha. Yillik yogʻin 1500–2000 mm.
Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi Shimoliy va shim.-gʻarbida kofe plantatsiyalari mavjud. Shuningdek, paxta, shakarqamish ekiladi, apelsin, ananas yetishtiriladi. Shtat janubida kartoshka, makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa ekiladi. Chorvachilik rivojlangan: qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. P. — muhim oʻrmonchilik rayoni: yogʻoch va sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, rangli metall (oltin, kumush, qoʻrgʻoshin) eritiladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, temir ruda-si, toshkoʻmir qazib olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |