Kontent qismiga oʻtish

Wolfgang Pauli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Wolfgang Pauli (talaffuzi: Volfgang Pauli) (1900.25.4, Vena —1958.15.12, Syurix) — shveysariyalik nazariyotchi-fizik. Myunxen universitetini tugatgan (1921). Syurixdagi Oliy politexnika maktabi professor (1928-yildan), AQSHdagi Prinston institutida ishlagan (1940—46). Ilmiy ishlari kvant mexanika va maydon kvant nazariyasiga oid. Hozirgi zamon fizikasining asosiy prinsipi — Pauli prinsipini bayon etgan (1925). Ishqoriy metallardagi paramagnetizm hodisasini tushuntirib bergan (1927), neytrinoning mavjudligi toʻgʻrisida gipotezani ilgari surgan (1931). Uning yadro kuchining mezon nazariyasi toʻgʻrisida, nazariy fizikaning dolzarb masalalariga oid asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1945).[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti sovrindorlari