John Robert Schrieffer
Qiyofa
John Robert Schrieffer (talaffuzi: Jon Robert Shriffer) (1931.31.5, Ouk Park) — amerikalik fizik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1971). Massachugets texnologik institutini (1953) va Illinoys universitetni (1957) tugatgan. Birmingem universiteti (Angliya) va N. Bor institutida (Daniya) (1957—58) oʻz bilimini takomillashtirgan. Chikago (1957—60), Illinoys (1959—62) universitetlarida ishlagan. Pensilvaniya universitetida professor (1962-yildan). Ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi va pasttralar fizikasiga oid. J. Bardin va L. Kuper bilan birga oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1972; J. Bardin va L. Kuper bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |