Kontent qismiga oʻtish

Ufa (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ufa — shahar (1586-yildan), Boshqirdiston Respublikasi poytaxti. Oq Idil daryosiga Ufa va Dema daryolari quyiladigan joyda. Transport yoʻli, daryo, avtomobil va havo yoʻllari chorrahasi. Aholisi 1 144 809 ming kishi (2020)[1]. Shahar 1574-yilda boshqirdlar qalʼasi Toʻratau oʻrnida rus qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1781-yildan Ufa noibligi, 1796-yildan Orenburg, 1865-yildan Ufa guberniyasi markazi. 1922—91 yillarda Boshqirdiston Muxtor SSR, 1991-yildan Boshqirdiston Respublikasi poytaxti.

Neftni qayta ishlash, kimyo, neft kimyosi ("Bashneft" i.ch. birlashmasi, Novoufim, Ufa neftni qayta ishlash zavodlari, "Ufaneftexim", "Ufaorgsintez" korxonalari), mashinasozlik va metallsozlik (motorsozlik, priborsozlik, agregat, "Orgtexnika" i.ch. birlashmalari; "Elektroapparat", "Promsvyaz", "Ufaselmash" va boshqa zavodlar), yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 7 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, Boshqirdiston universiteti), Rossiya Fanlar akademiyasi ning ilmiy markazi, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri). Boshqirdiston davlat badiiy muzeyi, M. Gʻafuri muzeyi bor. Shahar markazida Salavat Yulayevga yodgorlik oʻrnatilgan.




  1. „Крупнейшие города России-2023: численность населения, места в рейтингах“ (2022-yil 16-noyabr). 2023-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.