Kontent qismiga oʻtish

Ud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ud (arab. — qora daraxt) — torlimezrobli qad. musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (oʻzbek, tojik) xalqlarida keng qoʻllanadi. Katta, noksimon va yupqa qopqokli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Ayritom xarobasidan udsimon cholgʻuni ushlab turgan sozanda ayol tasvirlangan friz topilgan. 9— 15-asrlarda Sharq musiqa nazariyasi (tovushqator, parda, maqomlar) masalalarini sharhlab berishda Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin alUrmaviy, ashSheroziy va boshqalarning risolalarida U. yetakchi soz hisoblangan. Uning dastlab 4 tori boʻlganligi, Ziryob ismli (9-asr) sozanda (ayrim manbalarda Forobiy) tomonidan 5 tor qoʻshilganligi maʼlum. Torlar kvartaga sozlanib forscha va arabcha — hodd, zir, masna, maslas, bam deb nomlangan (qarang zirubam). Ud pardalari esa mutlaq (ochiq tor), zoid (ochiq torga nisbatan orttirilgan), mujannab (qoʻshni parda), sabbob (koʻrsatkich barmoq bilan bosiladigan), vustai furs (oʻrta barmoq bilan bosiladigan fors pardasi), vustai zalzal (Zalzalga nisbat berilganuiim). Ld parda), binsir (toʻrtinchi barmoq bilan bosiladigan parda), xinsir (jimjiloq bilan bosiladigan parda) deb yuritilgan. Risolalarda pardalar abjad tartibida arabcha harflar bilan belgilangan. Hozirda qoʻllanadigan U. pardasiz va 11 torli. Ulardan 5 tasi juft torlardan, pastki tori bitta boʻladi. Oʻzbekistonda musiqa kollejlari va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida U. sinflari mavjud. U., asosan, joʻrnavoz (mumtoz musiqa ansambllari) va yakkanavoz soz sifatida qoʻllanadi. U. asosida Yevropada lyutnya cholgʻusi kashf etilgan.