Kontent qismiga oʻtish

Esxil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Esxil (miloddan avvalgi 525, Afina yaqinidagi Elevsin shahri — 456, Sitsiliya) — yunon dramaturgi, "tragediyaning otasi". Uning 80 dramasidan "Eroniylar" (472), "Fivaga qarshi yettovlon" (467), "Oresteya" (458), " Iltijogoʻylar hamda "Zanjirband Prometey" bizgacha yetib kelgan. Boshqa tragediyalaridan faqat parchalar maʼlum. "Baliqchilar", "Elchilar yoki istmiyliklar" satirik dramalarining parchalari Misr papirus qogʻozlarida saqlangan.

E. Afina demokratiyasi avj olgan davrda yashagan va bu sharoit uning ijodiga ham taʼsir etgan. Tragediyaga 2aktyorni kiritib, uni chinakam dramatik janrga aylantirgan va dialog konfliktining yuzaga kelishiga imkon yaratgan. E. tragediyalari monumental, kompozitsiyasi mutanosib; ularda xor yetakchi oʻrinda, personajlar tavsifnomasi ziddiyatlardan holi va qatiy maqsadga qaratilgan.

E. tragediyalarida insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ijtimoiy va axloqiy muammolarni koʻtarib chiqqan. Prometey haqidagi trilogiyasidan faqat "Zanjirband Prometey" tragediyasi saqlangan. Prometey timsolida zulmga qarshi, adolat uchun kurashuvchi inson obrazini yaratgan. "Oresteya" trilogiyasi ("Agamemnon", "Xoeforlar", "Evmenidlar")da qabilaurugʻchilik hayotidan saqlanib qolgan baʼzi zararli urfodatlar qoralangan. Asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. La.:Yarxo V.N., Esxsht, M, 1958; TrencheniVal dapfel I., Prometey prikovannmy i osvobojdennsh, "Antich. obshestvo" toʻplamida, M., 1967; Alimuxamedov A., Antik adabiyot tarixi, T., 1975.