qurgʻoqchilik
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qur-gʻoq-chi-lik
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]QURGʻOQCHILIK 'yogʻin-sochin juda oz boʻladigan holat'. Bir yili qattiq q u r gʻ o q ch i l i k boʻlib, ekinlar kuyib ketdi (Abdulla Qahhor). Bu ot eski oʻz — bek tilidagi 'yogʻin-sochin juda oz boʻladigan' maʼno — sini anglatuvchi qurgʻaq sifatidan (ДС, 467) -chilik qoʻshma qoʻshimchasi bilan yasalgan; qurgʻaq soʻzi esa qadimgi turkiy tilda ' nami ioʻq' maʼnosini anglatuvchi qur sifatidan -ï (-u) qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlning kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -gʻa qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan shakliga —q qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan; qadimgi turkiy tildayoq ikkinchi boʻgʻ-indagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻygan; keyinchalik oʻzbek tilida q undoshi oldidagi a unlisi â
<a name="bookmark26"></a>unlisiga almashgan: [(qur + ï = qurï-) + gʻa = qurïgʻa-] + q = qurïgʻaq > qurgʻaq > qurgʻâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]Yogʻin-sochin meʼyoridan juda kam boʻlgan, qurgʻoq sharoit. Kurgʻoq-chilikka chidamli daraxtlardan yana biri — mayda bargli qayragʻochdir. J. Abdullaxo-nov, Oriyat. ◆ Bir yili qattiq qurgʻoqchilik boʻlib, ekinlar kuyib ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚУРҒОҚЧИЛИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.