Kontent qismiga oʻtish

davlat

Vikilug‘atdan olingan
Vikipediya
Vikipediya
Vikipediyada davlat haqida maʼlumotlar bor:


Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

davlat I

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

dav-lat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

arabcha دَوْلَة — mamlakat

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Oʻz fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy huquqlari-ni himoya qiluvchi, bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlari tizimiga ega boʻlgan mustaqil mamlakat. ◆ Oʻzbekiston davlati. Temuriylar davlati. Davlat apparati. Davlat byudjeti. Davlat gerbi. Davlat intizomi. Davlat mulki. yat Chindan ham vaqtli hukumat davlat tepa-siga chiqdi-yu, lekin amalda podshoning xalqqa qarshi siyosatini davom ettirdi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Temur tomonidan tuzilgan davlatning sistemasi ham qiziqarlidir. "Fan va turmush" . ◆ Davlat qurib bersin, deb oʻtirmay, hashar bilan bitirib qoʻyadi. U. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

davlat II

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

dav-lat

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. cJjj - boylik

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1. Boylik, mol-dunyo, mol-mulk. ◆ Yaxshi niyat — yarim davlat. Maqol . ◆ Davlat tugar, bilim tugamas. Maqol . ◆ Mablagʻ, davlat, sarmoya! Bizda oʻsha yoʻq. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Rixsiboy aka davlat keladigan manbani axtara boshladi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Odam ishlashtish xoʻp yaxshi narsa-da. Xizmatkorlar har koʻpi davlatimga davlat qoʻshadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Arkoni davlat Davlatning ulugʻlari, davlatning tayanchlari. ◆ Arkoni davlat Cham-bilda bejoy koʻp deb, Shigʻirlatib opkep kiyim tashladi. "Gulnorpari" . ◆ Ikki yonida arkoni davlat qulluq maqomida turibdi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ . Davlati koʻtaradi Mol-dunyosi koʻp; qurbi yetadi. ◆ Biz katta boymiz.. davlatimiz koʻtaradi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Taxti davlat Davlat hukmronligi, podshoqlik. ◆ Bu yerda taxti davlating, Ketar mendayin ulfating.. "Erali va Sherali" .

2.koʻchma Maʼnaviy boylik; baxt, omad. ◆ Sogʻliging — davlating. Maqol . ◆ Hamji-hatlik — davlat, Yolgʻizlik —kulfat. Maqol . ◆ Davlating ota-onang. Maqol. ◆ Muqaddas mozordan senga uzoq umr, ketmas davlat, insof va tavfiq tilaganman, bolam! K. Yashin, „Hamza“ ◆ Davlat qoʻnsa bir chivinning boshiga, Semurgʻ qushlar salom berar qoshiga. "Murodxon" .

3.koʻchma (oʻ.-p.k. bilan) Orqasida, soya-sida, koʻmagida. ◆ Otangning davlatida tezroq toʻyni qilib, bu tarang qoʻgʻirchoqni tezroq bagʻringga bosmaysanmi, landavur! Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Qarib, oʻgʻil-qizlarning davlatida yeb-ichib, kiyib, yayrab oʻtiradigan paytida.. S. Zunnunova, „Olov“ .

4. Davlat (erkaklar va ayollar ismi).

Boshiga davlat qushi qoʻnmoq Tolei ochilmoq, omadi kelmoq. ◆ [Sifat buvi Jamilaga:] Aylanay, qizim! Nahotki boshingga davlat qushi koʻnsa-yu, uni kaltak olib, oʻzing quvlasang! Hamza, „Boy ila xizmatchi“ . Dav-latingiz (yoki davlatlari) koʻlankasida (yoki soyasida) yoki soyayi davlatlarida (yoki davlatingizda) Sizning panohingizda, hi-moyangiz, gʻamxoʻrligingiz ostida (mulozamat yuzasidan, koʻpincha kirish iborasi sifatida ishlatiladi). ◆ Siz oqposhshoning davlati soyasida yurt soʻrab, umringiz aysh-ishrat, nashʼu namo bilanoʻtyapti. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ -Iigit-laringizning barchasi ham quruq qolmadimi? -Davlatingiz soyasida, taqsir! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ -Xudoga shukur, davlatlari koʻlankasida, — deb qoʻrboshi tavozelandi va qoʻl qovushtirib, qushbegining yaqiniga choʻkkashdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Davlatlari yori bersa Oʻzlarining madadlari bilan baxtimiz chopsa, omadimiz kelsa. ◆ Davlatlari yori bersa, albatta, bizning muddao ham shunda! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Oʻgʻrilardan bittasi tutildi, davlatlari yori bersa, qolganlari ham ushlanur, deb oʻylaiman! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Davlat qushi 1) ertaklarda: valiahdi boʻlmagan xon oʻlganda, xon qilib koʻtariladigan kishini aniqlash uchun uchirilgan qush. ◆ Davlat qushi kelib, Rustamzodning boshiga qoʻndi. M. Mahmudov, Bulbuligoʻyo; 2) koʻchma bir kelib qolgan baxt, omad, tole. ◆ Baxting bunchalik kulgan ekan.. davlat qushini qoʻldan uchirish kufroni neʼmat, bolam! A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Oltmish degan yoshingda davlat qushi boshingda. Habibiy, „Devon“ .

Sinonimlari davlat

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ДАВЛАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

davlat (koʻplik davlatlar)

Tillar

[tahrirlash]

davlat I
государство, держава; // государственный; ◆ demokratik ~ демократическое государство; ◆ sovet ~ i советское государство; ◆ ~ arbobi государственный деятель; ◆ ~ plani государственый план; ◆ ~ tili государственный язык; ◆ ~ tuzumi государственный строй.