Kontent qismiga oʻtish

Xudo

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:

Xudo (forscha: خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agar Xudo mavjud boʻlsa, umid qilamanki, uzrli sababi bor. (Woody Allen)
  • Anʼanaviy dinlar Xudoni qasoskor kimsa oʻlaroq taʼriflashadi, lekin odamlar shunday kimsani sevish kerakligi haqida gapirishadi. (P. T. Barnum)
  • Avvalboshda Olam yaratildi. Bu koʻp odamlarni gʻazablantirib, yomon ish, deya baholandi. (Douglas Adams)
  • Balki bizning shu sayyoradagi vazifamiz Xudoga sigʻinish emas, balki uni yaratishdir. (Arthur C. Clarke)
  • Bitta odamni oʻldir — va sen qotilsan. Millionlarni oʻldir — va sen hukmdorsan. Hammani oʻldir — va sen Xudosan. (Jean Rostand)
  • Dinning hech qachon qotillik bilan muammosi boʻlmagan. Umuman. Xudo nomiga oʻlidirlgan odamlar soni boshqa sabab bilan boʻlgan oʻldirilganlar sonidan koʻproqdir. (George Carlin)
  • Kulishni bilmaydigan Xudo bundayin kulguli olamni yarata olmasdi. (Shri Aurobindo)
  • Men Spinoza'ning Xudosiga, oʻzini olam garmoniyasida namoyon qiluvchi Xudoga ishonaman; aslo odamzod taqdiri va qilmishlari bilan bezovta xudoga emas. (Albert Einstein)
  • Odamlar oʻzlaridan yuksakroq xudoni oʻylab topisha olmagan. Koʻp xudolar ahloqsiz va buzilgan bolaga oʻxshab ketishadi. (Robert A. Heinlein)
  • Odam Xudo xatosimi? Yoki Xudo odam xatosi? (Friedrich Nietzsche)
  • Voltaire gapini teskari qilib aytamanki, agar Xudo boʻlganida edi, uni yoʻqotish zarur boʻlur edi. (Mixail Bakunin)
  • Xudo boʻlmaganida edi, uni toʻqib chiqarish zarur boʻlur edi. (Voltaire)
  • Xudoning essensiyasi va mavjudligi bir narsadir. (Abu Ali ibn Sino)
  • Xudo odam yelkasiga u qila olmaydigan ish ortmaydi. (Muhammad Ali)
  • Xudo oldida hammamiz birdek dono va birdek nodonmiz. (Albert Einstein)
  • Xudo yo zolim, yoki layoqatsizdir. (Woody Allen)
  • Xudo oʻldi: biroq, odamzotning hozirgi ahvoliga koʻra, U paydo boʻlib turuvchi gʻorlar hali boʻlgusi. (Friedrich Nietzsche)