Kontent qismiga oʻtish

Zafar Diyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zafar diyor (1912-yil, Chust tumani – 14-aprel 1946-yil, Toshkent) – oʻzbek bolalar shoiri. Toshkent pedagog institutida oʻqigan (1938—1941). „Lenin uchquni“ (1936—41), „Qizil Oʻzbekiston“ (1941—46) gazetalarida adabiy xodim va masʼul kotib.

„Chaman“ (sheʼr, ertak va dostonlar, 1948) kitobi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun. Zafar Diyor oʻzbek bolalar adabiyotida doston janrini boshlab bergan shoirlardan biri hisoblanadi („Mashinist“, „Kazbek“ va boshqalar). Bundan tashqari, bolalar dramaturgi hamdir. Uning „Baxtli yoshlik“, „Uch ogʻayni“ pyesalarida bolalar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik ulugʻlanadi.

Sheʼriy toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Qoʻshiqlar“ (1933)
  • „Tantana“ (1938)
  • „Sheʼrlar“ (1939)
  • „Muborak“ (1940)
  • „Sovgʻa“ (1944)
  • „Suv bilan suxbat“ (1976)
  • „Bizning qurolimiz“ (1941)
  • „Bizning oila“ (1942)
  • Vladimirova N. V., Zafar Diyor [Tanqidiy biografik ocherk], T., 1954; Oʻzbek bolalar adabiyoti tarixi ocherki, T., 1978; Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil