Kontent qismiga oʻtish

Yevropa Ittifoqi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yevropa Ittifoqi
Yevropa bayrogʻi
YI bayrogʻi
Shior: „In varietate Concordia“ (Kelishuv — har xillikda)
Madhiya: „An die Freude“ (Quvonch qasidasi)
Siyosiy markazlari  Belgium Brussel
 Lyuksemburg Lyuksemburg (shahar)
 France Strasburg
Aʼzo davlatlar YI aʼzolari roʻyxati
Rasmiy til YI rasmiy tillari roʻyxati
Hukumat
 — Yevropa kengashi prezidenti
 — Yevropa komissiyasi prezidenti

Donald Tusk
Jean-Claude Juncker
Asosi (Bitimlar)
 — Parij
 — Rim
 — Maastrixt
 — Lissabon

23-iyul 1952
1-yanvar 1958
1-noyabr 1993
1-dekabr 2009
Maydoni
 — umumiy
7-oʻrinda
4 324 782 km²
Aholisi (2010)
 — Zichlik
3-oʻrinda
501 064 211
115,9 kishi/km²
YIM (XQT)
 — jami
 — YIM/kishi
1-oʻrinda (2009)
14,793 trln $
29 729 $
YIM (nominal)
 — jami
 — YIM/kishi
1-oʻrinda (2009)
16,447 trln $
33 052 $
Pul birligi YI pul birliglari roʻyxati
Vaqt mintaqasi
 — yozgi vaqt
UTC 0 dan +2 gacha
UTC +1 dan +3 gacha
Domeni .eu
Telefon kodlari YI telefon kodlari roʻyxati
Rasmiy sayt https://europa.eu/

Yevropa ittifoqi (YI) — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati („Umumiy bozor“) nomi bilan atalgan. Yevropa Ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt sh.da (Niderlandiya) Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliklari imzo chekkan Yevropa mamlakatlarining siyosiy va valyuta-iqtisodiy ittifoqini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. YIning maqsadlari: Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish, ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy oʻzaro taʼsirni kuchaytirish yoʻli bilan muvofiqlashtirilgan uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish; iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish (bu maqsadga 2002 yil yanvarda asosan erishildi); birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish yoʻli bilan xalqaro sohada oʻziga xos bir xillikni qaror toptirish; adliya va ichki ishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish; umumiy boylikni saqlab qolish va koʻpaytirish. YI organlari: Yevropa mashvarati, Yevropa parlamenti, Yevropa Ittifoqi Kengashi, Yevropa komissiyasi, Yevropa sudi. Tashkilotga 15 mamlakat (Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Olmoniya, Yunoniston, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlandiya, Fransiya, Shvetsiya) aʼzo (2002 yil yanvar). Qarorgohi Strasbur sh.da (Fransiya). Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida YEI bilan hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Tashkilot TASIS dasturi doirasida Oʻzbekistonga texnikaviy yordam koʻrsatadi. 1999 yil 1 iyulda Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ratifikatsiya qilindi. Bu bitim siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalar rivoji uchun imkoniyat tugʻdirdi. Jumladan, tomonlar oʻzaro savdoda bir-birlariga eng qulay sharoit yaratadilar, bir-birlariga tegishli tovarlarni oʻz hududlari orqali erkin tranzit qilishni taʼminlaydilar.[1]

Yevropa Ittifoqi — Yevropaning 27 davlatidan iborat siyosiy va iqtisodiy birlashmadir. Uning tarixi 1957 yilga, 6 Yevropa davlatlari orasida imzolangan Rim bitimi va undan soʻng paydo boʻlgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligiga borib taqaladi. Yevropa Ittifoqi 1992 yilda imzolangan Maastrixt shartnomasiga binoan tuzilgan va 15 davlatni oʻz ichiga olgan. 2005 yilda Ittifoqning birinchi yirik kengayishi yuz berdi. Unda Ittifoqga 10 ta yangi davlatlar qoʻshildi. Ikki yildan soʻng ular soniga Bulgʻoriston hamda Ruminiya davlatlari qoʻshilib, hozirgi davrga qadar Yevropa Ittifoqi 27 davlatlardan iborat.

Aʼzo mamlakatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1957-2020: Aʼzo mamlakatlar

Izoh: Yevropa mintaqasida joylashmagan quyidagi hududlar ham Yevropa Hamjamiyati hududi hisoblanadi: Azor orollari, Gvadelupa (Avliyo Martin va Sen-Bertelmi orollarining shimoliy qismi), Kanar orollari, Madeyra, Martinika, Melilya, Reyunyon, Seuta, Fransuz Gvianasi.

Yevropa tinchlik jamgʻarmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa Ittifoqi qiymati 5 milliard yevroni tashkil qiluvchi Yevropa tinchlik jamgʻarmasini (EPF) tasdiqladi. Jamgʻarma mablagʻlari Yevropa Ittifoqining sherik-davlatlariga xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni mustahkamlashda yordam berish uchun moʻljallangan. Pul mablagʻlari fondning 2021–2027-yillardagi faoliyati uchun hisoblab chiqiladi.

Asosiy maqsad Yevropa Ittifoqining nizolarning oldini olish, tinchlikni saqlash, xalqaro barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Ushbu mablagʻ sherik mamlakatlarga tinchlikni saqlash harakatlari uchun, shuningdek ularning qurolli kuchlar jangovar qobiliyatini oshirishga ham yoʻnaltiriladi.

„Uzluksiz tinchlikni faqat xalqaro barqarorlik va xavfsizlikka sarmoya kiritish yoʻli bilan qurish mumkin. Yevropa Ittifoqining istagi bor va bugun zarur moliyaviy vositalar yaratildi. Yevropa tinchlik jamgʻarmasi sherik davlatlarimizga umumiy xavfsizlikni hal qilishda moddiy yordam berishga imkon beradi“, — deydi Portugaliya tashqi ishlar vaziri Augusto Santos Silva.

Bundan oldin esa Yevropa Ittifoqining koʻmagi faqat Afrika mamlakatlaridagi tinchlikparvarlik operasiyalariga taqdim etilardi[2].

1946-yil 19-sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Winston Churchill Syurix universitetida soʻzlagan nutqida AQShga oʻxshagan „Yevropa Qoʻshma Shtatlari“ tuzishni taklif etadi.

1949-yilda Yevropa Kengashi tashkil etiladi. Hozirga kelib, bu tashkilotning 46 ta aʼzosi bor.

1957-yil: Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi (YKPB) ga aʼzo mamlakatlar Yevropa iqtisodiy hamjaniyati yoki „Umumiy bozor“ga asos soluvchi Rim protokollari deb ataluvchi hujjatlarni imzoladilar. Bu hujjatlar 12 yil mobaynida bojxona toʻsiqlarini tugatish, umumiy soliqlarni oʻrnatish va keyinchalik umuman yoʻq qilish, ishchi kuchining erkin harakat qilishini taʼminlash, bir xil ijtimoiy kafolatlar oʻrnatish va yagona ish haqi toʻgʻrisida edi.

1959-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati aʼzolari tomonidan Yevropa parlamenti tashkil etildi.

1967-yilda uchta Yevropa hamjamiyati — Yevropa koʻmir va poʻlat birlashmasi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energiyasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati Yevropa Hamjamiyati boʻlib birlashadi.

1968-yil: Yevropa Hamjamiyati mamlakatlari oʻrtasida barcha bojxona soliqlari bartaraf etildi.

1979-yilda Yevropa parlamentiga ilk bora toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar boʻlib oʻtdi.

1985-yili Grenlandiya oʻz-oʻzini mustaqil boshqarish huquqini qoʻlga kiritdi va referendum natijasida Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqdi.

1986-yilning fevralida Lyuksemburgda yagona Yevropa toʻgʻrisidagi qonun (Single European Act) imzolandi. 1990-yil: Olmoniya Demokratik Respublikasi GFR bilan birlashganligi bois uning hududi ham Ittifoq hududiga kirdi.

1991-yil: Yevropa Hamjamiyatining Maastrixt shahrida (Niderlandiya) yagona Yevropani yaratishni koʻzda tutuvchi Maastrixt bitimlarini imzoladilar. Bu bitimlarda uch guruh shartnomalar — yagona Yevropa valyutasini joriy etish, Yevropa siyosiy Ittifoqini shakllantirish va Yevropa komissiyasini tasdiqlash koʻzda tutildi.

1999-yil dekabr: Helsinkida (Finlandiya) 15 ta aʼzo mamlakatlar rahbarlari inqirozli va tahlikali joylarda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun oʻz Yevropa qurolli kuchlarini yaratish haqida qaror qabul qildi.

2002-yil 1-yanvar: Yagona Yevropa pul birligi — yevro muomalaga kiritildi. Buyuk Britaniya va Daniyadan tashqari qolgan barcha aʼzolar oʻzlarining milliy valyutalaridan voz kechdilar.

Qiziqarli maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yevropa Ittifoqi

Bu maqola
Yevropa Ittifoqi tarixi seriyasining davomidir
Yevropa Ittifoqi tarixi solnomasi:

Yana qarang:
Yevropa tarixi
KengayishKelishuvlar
SolnomaRayosat
European Commission (Brussels)
  • Yevroittifoq hech qanday xalqaro tashkilot emas, u xalqaro ommaviy huquqning subyekti hisoblanmaydi, lekin xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etish vakolatiga ega.
  • Yevropa Ittifoqi hududini Gʻarbiy Rim imperiyasi, Franklar davlati, Muqaddas Rim Imperiyasi kabi qadimgi mamlakatlar hududi bilan solishtirish mumkin.
  • Norvegiya aholisi Yevroittifoqqa qoʻshilish boʻyicha ikki marta oʻtkazilgam referundumda (1972 va 1994-yillar) ham qarshi boʻlib ovoz berganlar.
  • Daniya mamlakati oʻzining milliy valyutasini hamon ishlatadi. Maastrixt bitimini imzolash chogʻida Daniya hukumati bu borada Ittifoqni ogohlantirib qoʻygan edi.
  • 265 sahifaga jo boʻlgan 450 moddali va 60000 ta soʻzli Yevropa Konstitutsiyasi Kaliforniya Respublikasi Konstitutsiyasidan soʻng koʻp soʻzlilik boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.
  • Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq Shveysariya neytral mamlakat hisoblanadi va hech qanday bloklarga qoʻshilmaydi. Shu bois u Yevropa Hamjamiyatiga aʼzo emas.
  • Yevropa mintaqasiga kirmaydigan Marokash va Tunis mamlakatlari bir necha karra Yevroittifoqqa kirishga harakat qilganlar. Hatto 2005-yilda Portugaliya tomonining koʻmagi bilan Kabo-Verde oʻz arizasini qabul qilinishiga erishgan.
  • Aʼzolik masalasi hanuz hal qilinmagan mamlakatlar: Turkiya, Ukraina, Gurjiston, Moldova.
  • Yevropa Ittuifoqi aʼzosi emas: Islandiya, Shveysariya, Andorra, Vatikan, Lixtenshteyn, Monako, San Marino.
  • Daniya suvereniteti ostiga kiruvchi Grenlandiya va Farer orollari, Finlandiyaning Aland orollari muxtoriyati, Buyuk Britaniyaning Gibraltar, Men, Gernsi va Jersi hududlari ham Yevropa Ittifoqi hududiga kirmaydi.
  • Berlemon — Yevropa hamjamiyati timsoli.
  • 1960-yilda Bryusselning markazida Berlemon ayollar monastiriga tegishli yer sotib olinadi va bu yerda yetti yil davomida Yevropa hamjamiyatining yangi timsoli quriladi. Loyiha muallifi meʼmor De Veste edi. Bu loyiha oʻz davrining original va takrorlanmas loyihalaridan biri edi. Uni qurishda asbest moddasi mavjud qurilish materiallari ishlatiladi[3][4][5]. 1991-yili Yevrokomissiya bu binoni tark etgach, u 14 yil davomida asbestdan tozalanadi va rekonstruksiya qilinadiAndoza:-1. Yevrokomissiya bu yerga 2004-yilning oktyabrida qaytadi. Bu inshootning umumiy maydoni 240 ming km.kv.dan ortiq boʻlib, 14 ta qavatdan iborat. U 3 ga hududni egallaydi. Bu yerda ofislardan tashqari majlislar zali, konferens-zallarAndoza:-1, 760 kishiga moʻljallangan restoran, 418 oʻrinli kafe, telestudiya, kinozal, 1223 avtomobil uchun moʻljallangan yerosti garajlari borref>„Consilium: Agriculture and Fisheries“ (en). Consilium. Europa portal. 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-sentyabr.
(WebCite saytida 2011-08-22 sanasida arxivlangan)</ref>.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Европа Иттифоқи 5 млрд евролик тинчлик жамғармасини тузади“. Bugun.uz. 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart. (Wayback Machine saytida 2021-08-09 sanasida arxivlangan)
  3. „China now EUʼs biggest import market“ (en). Peopleʼs Daily Online (2007-yil 31-yanvar). 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr.
  4. „EU now biggest trading partner of China“ (en). Chinese Embassy (2006-yil 15-sentyabr). 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr.
  5. „India and the EU: strategic partners?“ (en). Centre for European Reform (february/march 2006). 2011-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-noyabr. (WebCite saytida 2011-08-22 sanasida arxivlangan)