Kontent qismiga oʻtish

Server

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Server mijoz kompyuterlari soʻroviga javob berish uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan kompyuter. Server ma'lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server tarmoqdagi ma`lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga kirish darvozalari hisoblanadi.

Server protsessorlari.

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundan tashqari server so`zi quyidagicha shakllarda ham ishlatiladi. Ajratilgan server, Virtual server, Proksi-server,Ajratilgan server va Protokol. Yirik kompaniyalar ko`pgina kompyuterlarga ega bo`lishadi. Tashkilotning barcha tarmoq xizmatlarini boshqarish uchun alohida kompyuter ajratilib, unga maxsus dasturlar o`rnatiladi, internetga doimiy holda ulanadi va uni ajratilgan server deb atashadi. Bu server orqali barcha kompyuterlar internetga chiqa olishadi. Web server tushunchasini ikki xil ma'noda ishlatish mumkin. Agarda gap WWW xizmatini ko'rsatish haqida borsa, u holda Web server tarmoq mijozlariga Web sahifa va saytlardan foydalanish imkoniyatini yaratib beruvchi dastur ma'nosini anglatadi. Web serverni siz oʻz uyingizda yaratishingiz mumkin. Uning uchun bitta kompyuter ajratib, unga biror veb dastur oʻrnatasiz va bu dasturni yaxshilab sozlashingiz kerak boʻladi. Soʻng oʻz saytingizni shu serverga joylashtirasiz va biror domen sotib olasiz. Bundan kelib chiqadiki, saytingiz ishlashi uchun siz ajratgan kompyuter doim yoqilgan holatda boʻlishi kerak. Web serverga oʻrnatiladigan web dastur turlari koʻpdir. Eng zamonaviy va eng ommabop dastur bu – albatta Apachedir. Apache Software Foundation korxonasi tomonidan chiqarilgan.