Kontent qismiga oʻtish

Saolibiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saolibiy yoki Abu Mansur as-Saolibiy (toʻliq ismi: Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy; 961-yil — Nishopur — 1038-yil) — yozuvchi, adabiyotshunos, tilshunos, tarixchi olim va sayyoh[1].

Arabiston, Iroq, Ispaniya, Xuroson va Movarounnahr boʻylab sayohat qilgan. 992 yilda Buxoroga, soʻng Xorazmga kelgan. Xorazmshox Abul Abbos Maʼmun (hukmronlik davri: 1009— 1017) saroyida xizmat qilgan, unga atab asarlar yozgan. S.ning „Yatimat uddahr fi mahosin axl alasr“ („Asr axlining fozillari haqida zamonasining durdonasi“) tazkirasi mashhur boʻlib, u oʻsha davr Movarounnahr, Xorazm, Xuroson va arab adabiyoti haqidagi noyob manbadir. Asarning ilk nusxasi 994— 1000-yillarda yozilgan boʻlib, muallif 1011 — 17 yillarda uni qayta ishlab toʻldirgan va xorazmshoh Abul Abbos Maʼmunga taqdim etgan. Tazkira muqaddima va 4 qism (40 bob)dan iborat boʻlib, unda 10-asr hamda 11-asr boshlarida arab tilida ijod qilgan movarounnahrlik va bir qancha xurosonlik shoirlar hayoti hamda ijodi yoritilgan. „Tatimmat alYatima“ („Yagona durdonaga qoʻshimcha“, 1032—38) asarida esa „Yatimat uddaxr“ ga kirmay qolgan yoki keyinchalik tanilgan yana 209 shoir (ulardan 104 nafari Movarounnahr va Xurosondan) haqida maʼlumot berilgan.

Saolibiyning „Kitob latoif almaorif“ („Ajoyib maʼlumotlar haqida kitob“) asari buvayhiylar sulolasi vaziri asSohib (995 y. v.e.)ga bagʻishlangan. Saolibiy islomgacha va islom davrida oʻtgan koʻplab shoirlar, mashhur kishilar, xalifalar, lashkarboshilar va ularning taxalluslari, toʻgʻrisida nodir maʼlumotlar keltirgan. Asarda muhim tarixiyetnografik maʼlumotlar, Saolibiy va unga zamondosh arabiynavis shoirlarning sheʼrlaridan parchalar mavjud.

„Fypap axbor muluk alfurs va siyarihim“ („Eron podshoxlari haqidagi xabar va hikoyalar sarasi“) nomli tarixiy asar, „Shohnoma“ va bir sheʼriy devon ham yaratgan. „AtTamassul valmuxozarat“ va „Mubhij“ asarlarini Qobus ibn Vushmgir (hukmronlik davri: 978—1012) ga bagʻishlagan. S.ning koʻplab asarlari Ismatulla Abdullayev tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

  • Yatimat ut-dahr[1]
  • Yatimat ud-dahr [4j.], T., 1976;
  • Tatimmat al-Yatima („Yatimat uddahr“ 4-qismining qoʻshimchasi), T., 1990;
  • Kitob latoif almaorif, T., 1987;
  • Ajoyib maʼlumotlar, T., 1995.
  • Abdullayev I., Abu Mansur asSaolibiy, T., 1972.
  1. 1,0 1,1 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.