Kontent qismiga oʻtish

Qalamcha

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qalamcha — oʻsimliklarni vegetativ usulda koʻpaytirish uchun kesib olingan yashil yoki kurtakli yetilgan qattiq novdacha. Q. sof navli, yuqori sifatli oʻsimliklardan tayyorlanadi. Q.ning poya vabargli (yashil) turlari mavjud. Poya Q.lar, asosan, bir yillik novdalardan kuzda (mas, tok, atirgul, anor, anjir) yoki bahorda (terak) tayyorlanadi. Kuzda daraxtlar bargi toʻkilganda olingani kuzgi Q, barg chiqarganda olingani yozgi yoki yashil Q. deyiladi. Terak, tok Q uzunligi 35—40 sm, diametri 2 sm (qalam yoʻgʻonligida) boʻlishi lozim. Yerga koʻmib saqlanadi, erta bahorda ochiq yerlarga ekiladi (atirgul Qlari qumga koʻmib saqlanadi). Yashil Q. uchun bargli novdalardan foydalaniladi (5—10 sm), ayrim hollarda bitta kurtakli poʻstloq qismi yogʻochi bilan kesiladi. Shuningdek, payvand qilishda kurtaklar olish uchun tayyorlangan bir yillik novdalar ham Q. deyiladi.