Kontent qismiga oʻtish

Neoplatonizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neoplatonizm (neo... va platonizm) — yunon falsafasidagi oqim. 3— 6-asrlarda paydo boʻlgan. N. namoyandalari Plotin, Porfiriy, Prokl. N. vakillari Platonntg moddiy dunyo gʻoyalar dunyosining soyasi ekanligi toʻgʻrisidagi fikrini yana ham diniy shaklda bayon etdilar. N.ning asosiy mazmuni Platon triadasi — "yagona", "aql" (nus), "jon" dialektikasini ishlab chiqishdan iborat. Unga koʻra, borliqning asosida xudo, qandaydir bilish va tushuntirib berish mumkin boʻlmagan boshlangʻich mohiyat yotadi. Eng oliy mohiyat — xudo emanatsiya yoʻli bilan avval dunyo-viy aklni, keyin dunyoviy ruhni yara-tadi, undan keyin — soʻnggi bosqichda idrok qilinadigan moddiy dunyoni yaratadi. Neoplatonchilar fikricha, insonning yashashidan maqsad — ruhni tanadan, gunoxlardan xalos etib, yana xudoga yaqinlashishdan, uning sharofatiga erishishdan iborat. Insonning gunohga botib qolganligini asoslashga urinish, inson fikrining erkin-ligi va mustaqilligiga ishonmaslik — N.da uchraydigan asosiy belgilar deb hisoblashadi. N.islom falsafasiga ham muayyan taʼsir koʻrsatgan. Suxravardiy va Gʻazoliy qarashlarida, tasavvuf taʼlimotida N.ning baʼzi belgilarini uchratish mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil