Kontent qismiga oʻtish

Most

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mast (qatiq)

Most (qatiq; kefir; nordon taʼmli sut) — bakteriyalar tomonidan fermentatsiya natijasida hosil boʻlgan sut mahsulotidir va uni ovqat bilan isteʼmol qilinsa yanada mazali boʻladi. Bu jarayonda sutdagi laktoza sut kislotasiga aylanadi.

Most — qadimiy Hindiston va Eron tarixida miloddan besh yuz yil avval tilga olingan. Bu hududlarda chorvachilik keng tarqalgani sababli sut mahsulotlari boshqa hududlarga qaraganda xilma-xil.

1919-yilda Ispaniyaning Barselona shahrida birinchi sanoat qatiq ishlab chiqarish fabrikasi qurildi va qatiq isteʼmoli kundan-kunga ortdi.

Fermentatsiya va kimyoviy xossalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatiq laktoza deb ataladigan sut shakarining fermentatsiyasidan olinadi. Qatiqni tayyorlash uchun maxsus bakteriyalar laktozani sut kislotasiga aylantiradi va qatiqqa jelga oʻxshash tuzilish beradi. Sut kislotasi mavjudligi tufayli qatiq nordon taʼmga ega.

Qatiq tayyorlash uchun pasterizatsiyalangan sutga maxsus bakteriyalar qoʻshilishi kerak. Shuningdek, sut harorati va atrof-muhit sharoitlari juda muhimdir. Bu bakteriyalar sutdagi shakarni parchalaydi va sut kislotasini hosil qiladi. Bu kislota mavjudligi tufayli sut tarkibidagi oqsil qattiq massaga aylanadi.

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kerakli masalliqlar:

Sut — 1 litr (5 stakan);

Qatiq — 2 osh qoshiq. Uyda qatiq tayyorlash uchun sut va oz miqdorda qatiqdan foydalanishingiz mumkin. Eng oddiy koʻrsatmalardan biri — 1 litr kam yogʻli sutdan foydalanish.

Avvalo, sutni qaynatib olamiz va onda-sonda aralashtirib turamiz. Qatiqni qoʻshamiz. Soʻng idish ogʻziga likopcha qoʻyib ustiga qalin latta bilan yopib, soviguncha 4-5 soatga qoldirilishi kerak. Orada qopqoqni ochib tekshirib turing. Toʻliq sovigunicha kuting.

  • Pasterizatsiya qilingan sutni 85 darajagacha qizdiring. Bu haroratga yetganda, uning mikroblarini oʻldirish uchun uni ikki daqiqa davomida olovda qoldiring.
  • Ushbu pasterizatsiyalangan sutni sterillangan idishga quying va uni sovutib qoʻying.
  • Sutga yarim stakan (120 ml ga teng) iliq qatiq qoʻshing va idishni toʻliq yoping.
  • Tahminan 6 soat oʻtgach, u qatiq taʼmini beradi. Idishni egib qoʻysangiz, u suvsiz holda, harakatdan toʻxtab, qatiq tayyor boʻladi.

Sut fermentatsiyasi uchun harorat juda muhim, bir necha soat davomida sut harorati 43 daraja Selsiyda qolishi kerak. Qatiqni sanoat usulida tayyorlashda sutni bu haroratda doimiy saqlash mashinalar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, idish va asboblarning tozaligiga ham katta eʼtibor berish kerak.

qazahayesonnati — yemazandarani