Kilt
KILT Shatlandiya milliy libosi
Shatlandiyalik erkaklar kiyib yuradigon yubka kilt deb ataladi. Uni kiyib yurish ko‘p asrlar davomida milliy anʼanaga aylangan. Shotlandlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday kiyimlar ularning yengilmas ruhga ega ekanliklari belgisidir, deydi.
Kilt tarixi
Kilt tog‘liklar davrida paydo bo‘lgan. Kuchli Shotlandiya erkaklari bu kiyim turli baland pastliklardan oson yurishga yordam berishini aytishgan. Shuningdek, kilt ko‘chada uxlashga to‘g‘ri kelganda ko‘rpa vazifasini bajargan.
Shotlandiya xalqi o‘z milliy libosini mardlik, jasorat va erkinlik ramzi deb bilishadi. Ular bir necha marta kilt kiyish huquqini himoya qilishlariga to‘g‘ri kelgan. XVIII asrda Shotlandiya o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Mamlakatning yangi hukmdorlariga aylangan inglizlar erkaklarga katak-katak yubka kiyishni taqiqlaydi.
O‘z urf-odatlariga sodiq bo‘lgan shotland erkaklari shimlarni tayoqchalarga kiyg‘izib qo‘yib, o‘zlarining milliy kiyimlarini kiyib gerdayib yurishgan. Bu holatlar baʼzan hibsga olish va qamoq jazosi bilan yakunlangan bo‘lsa-da ozodlikni sevadigan odamlar bundan qo‘rqishmagan.
Mamlakatda klanlar jangi haqida afsona bor. Afsona Shotlandiya va Irlandiya tog‘lari orasida bo‘lib o‘tgan jangda shotlandlar irlandlarning 7 ming kishilik qo‘shinini qanday mag‘lub qilganligi haqida bo‘lib, o‘shanda tog‘lardan qo‘rqmaydigan shotlandlar kiltlarini yechib bitta ko‘ylakda kurashgan ekan. Bu urush tarixga „ko‘ylakli jang“ nomi bilan kirgan.
Kilt qanday yaralgan?
Qadimgi davrlarda kilt bir-biriga tikilgan ikkita jun qoplamadan yaratilgan. Uning uzunligi 7-8 metrga yetgan. Erkaklar uni beliga o‘rab, matoning qolgan qismini yelkasiga tashlab olishgan. Keyinchalik milliy kiyimlarning ko‘rinishi o‘zgargan. Oddiy ishchilarga qulay bo‘lishi uchun „ortiqcha mato“dan qutulishga qaror qilingan. Shu bilan uzunligi tizzadan tushib turadigan zamonaviy kilt yaratilgan va u „kichik kilt“ deb nomlangan.
Shotland erkaklarining kiyimiga qarab uning qaysi tabaqaga mansubligini aniqlash mumkinligi haqida juda kam odamlar biladi. Kiltning rangi, tikilishi va chiziqlarining soni shotlandlarning barcha sirlarini ochib beradi. Masalan, kambag‘al va uy xizmatchilari bir rangdagi yubka kiygan, fermerlar 2 xil, ofitserlar 3 xil, harbiy qo‘mondonlar 5 xil, yozuvchi va shoirlar esa 6 xil rangdan iboratlilarini kiygan. Rahbarlarga 7 xil rangli yubka kiyishga ruxsat berilgan.
Hozirgi kunda kilt uchun, taxminan, 700 ga yaqin chiziqlar to‘plami mavjud. Kilt tabiiy ranglar bilan bo‘yaladi. Masalan, maymunjondan binafsharang olinadi. Kilt tikiladigan mato tabiiy jundan tayyorlanadi — u tartan deb nomlanadi.
Bugungi kun anʼanalari
Zamonaviy shotlandlar o‘z urf-odatlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lsalar-da bugungi kundagi kundalik hayotlarida kilt kiyib yurishmaydi. Milliy kiyimdagi odamni faqat katta bayramlarda, to‘ylarda yoki sport musobaqalarida ko‘rish mumkin.
Shotlandiya maxsus raqs tomoshalariga mezbonlik qiladi. Ularda kilt kiygan erkaklar qatnashadi. Bu manzaraning ko‘rinishi juda chiroyli va qiziqarli.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |