Kontent qismiga oʻtish

Katolitsizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Francis - Rim papasi

Katolitsizm (lotincha: catholicismus, grekcha: καθολικός - katholikos - umumiy, asosiy) — xristianlikdagi asosiy oqimlardan biri. Katolitsizm diniy taʼlimot va cherkov tashkiloti sifatida 1054-yilda cherkovlarning boʻlinishidan keyin vujudga keldi.XVI asrda Katolitsizmdan protestantizm ajralib chiqdi. Katolik cherkovi qatʼiy markazlashgan, yagona markazi Vatikan, uning birdan-bir boshligʻi — Rim papasi. Katolitsizm xristianlikning asosiy aqida va marosimlarini eʼtirof etadi. Ayni vaqtda oʻziga xos aqidalari ham bor.

Katoliklar Isodan avval ham boʻlishgan ular timsollarga sigʻinishardi keyinchalik nasroniylikni qabul qilishdi va u dinni buzib tashlashdi Isoni xudo deyishdi aslida u Allohning quli va Rosuli edi.Isoning oʻzi Bibliyada meni valiynemat demanglar valiynemat (nemat egasi) faqat Allohdir men faqat uning rosuli va quliman xolos deb taʼkidlaydi[1].

Katolitsizm muqaddas ruh faqat xudo-otadan emas, balki xudo-oʻgʻildan ham paydo boʻlgan, Rim papasi Isoning yerdagi noibi, u din va axloq ishlarida gunoh qilmaydi, uning hokimiyati jahon soborlari hokimiyatidan yuqori turadi deb hisoblaydi. Katolitsizm faqat muqaddas yozuv (Bibliya)ni emas, balki muqaddas rivoyatni ham diniy taʼlimotning manbai deb biladi. Katolitsizmda, pravoslaviyedan farqli ravishda, muqaddas rivoyatga katolik cherkovlari jahon soborlarining qarorlari va papaning fikrlari ham qoʻshilgan. Ruhoniylarning uylanmasligi, Bibi Maryam bokira boʻla turib Isonni tugʻishi, uning jismi osmonga koʻtarilib ketishi aqidasini eʼtirof etish, eʼtiqod timsoliga aʼrof aqidasini qoʻshish Katolitsizmga xos xususiyatdir.

Katolitsizm uchun marosimlarni tantanali oʻtkazish, jafo chekkanlarni, avliyolarni izzat-hurmat qilish harakterlidir. Katolitsizmda ibodat asrlar davomida lotin tilida olib borilgan, II Vatikan sobori (1962—65) ibodatni milliy tillarda oʻtkazishga ruxsat bergan. Katolitsizmga koʻproq Foma Akvinskiyning diniy qarashlari asos qilib olingan.

Katolitsizm jahon siyosatida muayyan rol oʻynaydi. Katolik cherkov koʻp sonli ruhoniylar, monaxlik ordenlari, klerikal partiyalar, missionerlik tashkilotlari va b.ga ega. Cherkov statistikasiga koʻra, katoliklar 900 mln.ga yaqin kishi. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstriya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Katolitsizm hukmron diniy taʼlimot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining koʻpchiligini tashkil etadi. 20-asrning 60-y.laridan Katolitsizm aqidalari, marosimlari, tashkilotlari va siyosati zamon talablariga moslashtirilmokda[2].

  1. „Issuing God's Call : Jesus' Relationship to his Disciples“, God's Equal : What Can We Know About Jesus’ Self-Understanding?, Bloomsbury T&T Clark, ISBN 978-0-567-43111-0, qaraldi: 2024-07-18
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil