Karamel
Qiyofa
Karamel (fransuzcha: caramel, lotincha: cannamella — „shakarqamish“) — qandolat mahsuloti; shakar qiyomga taʼm beruvchi, boʻyovchi va xushboʻy qiluvchi moddalar qoʻshib qaynatib tayyorlanadigan shirinlik. Uning massasidan turli shaklda tayyorlangan karamel obaki yoki monpasye deyiladi. Karamel ichiga meva, asal va boshqalar solib ham tayyorlanadi. Karamelni saqlash uchun ustiga shakar, kakao uni sepiladi yoki qogʻozga oʻraladi, maxsus temir banka yoki karton qutiga joylanadi. Karamel konditer fabrikakalarida avtomatlashtirilgan universal mashinalarda ishlab chiqariladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |