Kontent qismiga oʻtish

Istborn

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Istborn — Buyuk Britaniyadagi shahar. Lamansh boʻgʻozi sohilida. Shar-qiy Susseks grafligida. Aholisi 85 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ish bilan band aholining 3/5 qismi maishiy xizmat koʻrsatish sohasida mehnat qiladi. Dengiz boʻyidagi kurort shahar. Iqlimi nam va iliq. Qishi qisqa, yumshoq, yozi salqin; yanvar ning oʻrtacha temperaturasi 5°, iyulniki 16°. Yiliga oʻrtacha 700 mm yogʻin yogʻadi. Badiiy galereya bor. Turizm rivojlangan. Turli konferensiyalar oʻtkaziladigan joy.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil