Georg Wittig
Qiyofa
Georg Wittig (1897.16.6 — 1987.26.8) — nemis organik kimyogari. Uning tadqiqotlari murakkab va tanqis organik birikmalar sinteziga bagʻishlangan. Georg Wittig Fenillitiy taʼsirida oddiy efirlarning spirtlarga qayta guruhlanishini asoslab bergan (1942, Vittig qayta guruhlanishi). Bundan tashqari, Georg Wittig pentafenilfosforni sintez qilgan (1952). Karbonli birikmalar va alkilidenfosforanlardan olefinlar olish reaksiyasini kashf etgan (qarang Vittig reaksiyasi, 1954). Bu kimyogar tripiyensenni ham sintez qilgan (1956). YANR usuli bilan aromatik propellanning tuzilishini aniqlagan (1971). Georg Wittig Nobel mukofoti laureati hamdir (1979, Herbert C. Brown bilan hamkorlikda)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ "VITTIG (Wittig) Georg" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |