Kontent qismiga oʻtish

Fibrinogen

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Fibrinogen (fibrin va ... gen) — qon plazmasining globulinlar guruhiga kiruvchi eriydigan oqsili. Trombin taʼsirida fibringa aylanib, qonni ivitadi (qarang Qon ivishi). Jigarning parenxematoz hujayralarida hosil boʻladi. Sogʻlom odam qon plazmasidagi fibrinogen miqdori 300–500 mg%. fibrinogen turli operatsiyalarda, gemofiliya va boshqa kasalliklarda qon oqishini toʻxtatish uchun ishlatiladi. Labaratoriya tadqiqotlarida fibrinogen preparatlaridan foydalaniladi. Odam qonidan olingan fibrinogen klinikada ishlatiladi.