Kontent qismiga oʻtish

Ergonomika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ergonomika (yunoncha: — ish, mehnat va — qonun) — kishi (kishilar guruhi)ni ishlab chiqarish faoliyati sharoitlari bilan bogʻliq holda kompleks oʻrganadigan fan; mehnat qurollari, sharoitlari va jarayonlarini takomillashtirish maqsadlarida inson, texnika, ishlab chiqarish muhitining oʻzaro taʼsiri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qilish, mehnat jarayonida inson organizmi holatini oʻrganish biror ishini bajarish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish maqsadlari bilan bogʻliq boʻlgan. Insonning mehnat faoliyata uchun ent oʻngʻay mehnat qurollari, eng qulay mehnat sharoitlari yaratish yoʻlidagi dastlabki qadamlar 20-asr boʻsagʻasida boshlandi. Bu sohada birinchi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyetchimuhandis va menejer, ilmiy boshqarish maktabi asoschisi U.F.Teylor (qarang Teylorizm) tomonidan bajarildi. E. ishlab chiqarishning amaliyot ehtiyojlari taʼsirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borishi, fantexnika taraqqiyoti natijasida ilmiyamaliy fan sifatida paydo boʻldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigiyenasi taʼsirida shakllandi; tibbiyot, biologiya, biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, matematika, injenerlik va texnologik fanlar maʼlumotlari va metodologiyasidan, mehnatni tashkil etish va normalash tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiymatematik modellashtirish bilan bogʻliq.

Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiypsixologik va texniktashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. E. diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yoʻllari va usullarini topish turadi. E. oʻz tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

"E." termini 1949-yil Angliyada shu soha boʻyicha tadqiqot ishlari olib boruvchi jamiyat tomonidan amaliyotga kiritilgan. E.da yana ikkita tamoyil boʻlib, ular insonni ishga, ishni insonga moslashtirish omillaridan iborat. Birinchisida samaradorlikni taʼminlash, ikkinchisida insonga qulaylik yaratish koʻzda tutiladi.

E. kishining butun ish kuni davomida yuqori ishchanlik qobiliyatini taʼminlash uchun mehnat va dam olish rejimini ham oʻrganadi.

E. boʻyicha barcha amalga oshiriladigan ishlar ishlab chiqarish samaradorliginy oshirish, ishlovchilar uchun qulayliklar yaratish va ayni paytda ularning salomatligini taʼminlashga qaratiladi. Shuning uchun barcha mehnat vositalari, qurollari, mashinalar E. talablarini hisobga olib loyihalashtiriladi va ishlab chiqariladi. E. bilan firma va kompaniyalarda dizaynerlar shugʻullanadilar.

Oʻzbekistonning barcha texnika sohasidagi oliy oʻquv yurtlarida E. fani oʻqitiladi. Toshkent texnika universiteti, Toshkent arxitekturaqurilish, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat, Toshkent sanʼat intlarida E. boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.