Kontent qismiga oʻtish

Elegiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elegiya — 1) lirik poeziya janrlaridan; gʻamgin ruhdagi lirik sheʼr. Elbrusning asoschisi yunon shoiri Kallin (miloddan avvalgi VII asrning 1-yarmi) hisoblanadi. Yunonistonda Tirtey, Mimnerm, Solon, Feognid, Fokilid va boshqalar elbrus yozganlar. Romantizm uslubida yozilgan elbruslarda hayotdan qoniqmaslik, hasrat motivlari ustivorlik qilgan. Fransuz elbruslarida emotsionallik, psixologizm, nazokat ortdi. Rus elbrussi XVIII asrda paydo boʻldi va V. A.Jukovskiy, K.N. Batyushkov ijodida rivojlandi. A.S. Pushkin bu janr uslubi, mavzusini yangiladi. 20—30-yillar oʻzbek lirikasida elbrusning dastlabki namunalari paydo boʻldi. Hamzaning Tursunoyga, Choʻlponning oʻzbek qizlari taqdiriga bagʻishlangan sheʼrlarida elbrusga xos qaygʻu motivlari, gʻamgin kayfiyat oʻz ifodasini topdi. Keyinchalik Oybek, H.Olimjon va boshqalar shoirlar oʻzbek E.sining eng yaxshi namunalarini yaratdilar; 2) musiqada — oʻychan, hazin, baʼzan motamsaro xarakterdagi vokal yoki cholgʻu asar. Mustaqil janr sifatida 17-asrdan maʼlum (G.Pyorsell va boshqalar). Yuksak namunalarini J. Massne (ovoz, violonchel va fortepiano), M. Glinka, N. Myaskovskiy (romanslar), P. Chaykovskiy (torli orkestr uchun), S. Raxmaninov ("Elegik trio" va boshqalar), N. Metner (sonataE.si, fortepiano uchun), 20-asrda I.Stravinskiy, B.Bartok va boshqalar yaratgan. Oʻzbekistonda M. Burhonov (violonchel va fortepiano uchun), A. Kozlovskiy (5 ta, violonchel uchun) E.lari tanilgan.