Dayaklar
Dayaklar — Indoneziya, Malayziya va Bruneydagi xalqlar guruhi (ngadjular, klemantanlar, ibanlar, kenyalar va b.), Kalimantan o.ning tubjoy aholisi. 3,7 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Indonez guruhiga mansub tillarda soʻzlashadi. Anʼanaviy diniy eʼtiqodlarga amal qilishadi. Xristianlar va musulmon sunniylar bor. D.ning deyarli barchasi qoʻl mehnatiga asoslangan dehqonchilik bilan mashgʻul. Ovchilik, baliqchilik va terimchilik oʻtroq D.da qoʻshimcha mashgʻulot sanaladi. D.ning qishloqlari, asosan, daryo qirgʻogʻining sayoz joylarida joylashgan. 100—500 aholiga moʻljallangan qishloqlarda 50 tagacha oila yashaydigan anʼanaviy uzun uylar bilan bir qatorda 1—5 oila uchun qurilgan uylar ham bor. D.ning ayollari bilan bir qatorda erkaklari ham be-zak buyumlariga oʻch. D. orasida tishlarni qoraytirish va arralatish, shuningdek, badanga turli rasmlar solish (tatuirovka) keng tarqalgan. 19-asr oxirigacha "kalla ovi" udum boʻlgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |