Kontent qismiga oʻtish

Bering boʻgʻozi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bering boʻgʻozi – Shimoli Sharqiy Osiyo va Shimoli Amerika oraligʻidagi boʻgʻoz. Shimoliy Muz okeani (Chukotka dengizi)ni Tinch okean (Bering dengizi) bilan bogʻlaydi. Uzunligi 96 km, kengligi 86 km, eng sayoz joyining chuqurligi 36 m. Oktabrdan avgustgacha boʻgʻozda suzib yuruvchi muzlar koʻp boʻladi.

Antropogen davrida Bering boʻgʻozi oʻrnida bir necha marta dengiz tubi koʻtarilib har ikki qitʼani birlashtiruvchi quruklik „koʻprigi“ paydo boʻlgan. Boʻgʻoz oʻrtasidagi Diomid orollari orqali Rossiya Federatsiyasi va AQSHning davlat chegarasi oʻtgan.

Bering boʻgʻozini dastlab 1648-yil kazak SI. Dejnev suzib oʻtgan, soʻngra 1728-yilda V. Bering ekspeditsiyasi tadqiq qilgan (boʻgʻoz ekspeditsiya rahbari nomi bilan atalgan). Sohillari 1732-yil xaritaga tushirilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil