Меrimе bazasi
Merime bazasi (Base Mérimée) — Fransiya Madaniyat vazirligining maʼlumotlar bazasi boʻlib, unda Fransiyaning tarixiy obidalari haqidagi maʼlumotlar mavjud. 1978-yildan buyon faoliyat olib boradi. Tarmoqli versiyasi esa 1995-yildan beri mavjud.
Maʼlumotlar bazasi nomi Fransiyaning tarixiy obidalar boʻyicha birinchi inspektori Prosper Merimening qadimiy yodgorliklarni tasvirlash boʻyicha qilgan saʼy-harakatlarini anglatadi. 1840-yilda Merime boshchiligida birinchi Yevropa tarixiy yodgorliklar reestri tuzilgan. Merime ushbu turdagi yodgorliklarni aniqlash va tavsiflash uchun butun Fransiya boʻylab sayohat uyushtirgan.
Koʻchar mulkka taalluqli boʻlgan artefaktlar Bernar Palissi sharafiga Palissi bazasi deb ataluvchi shunga oʻxshash registrda toʻplanadi. Tarixiy jihatdan qimmatli grafik tasvirlar va nashrlar Memuar bazasiga kiritilgan.