Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro astronomiya ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xalqaro Astronomiya Ittifoqidan yoʻnaltirildi)

Xalqaro astronomiya ittifoqi — Xalqaro ilmiy jamiyat. Jahondagi astronomik muassasalar, rasadxonalar, intlarning harakati bilan 1919-yil tashkil etilgan. Unga 70 davlat aʼzo. Oʻzbekiston 1998-yildan aʼzo. Asosiy vazifalari: astronomiyaning barcha sohalarini rivojlantirishga yordam koʻrsatish; astronomik tadqiqotlarda ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; astronomiya fani manfaatlarini boshqa xalqaro tashkilotlarda himoya qilish. Xalqaro astronomiya ittifoqii. ish organlari ijroiya qoʻmitasi va astronomiyaning alohida muammolari bilan shugʻullanuvchi 37 ta qoʻmitasidan iborat 7 ta boʻlimni oʻz ichiga oladi. Qoʻmitalari, asosan, xalqaro konferensiya, simpozium va boshqalarni tashkil qilish yoʻli bilan muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. Umumiy ishni Xalqaro astronomiya ittifoqii. Bosh assambleyasi boshqaradi; u har 3 yilda bir marta yigʻiladi. Bosh assambleya umumiy yigʻilish va majlislarida astronomiyaning eng dolzarb masalalari toʻgʻrisidagi maʼruzalar tinglanadi, astronomik kuzatishlar hisobotlari tasdikdanadi va yangi tadqiqotlar dasturlari taklif kilinadi[1].

  1. OʻzME