Profilaktika
Profilaktika (yun. profi laktikos saklovchi, oldini oluvchi) — odamlarning uzoq umr ko'rishi, ishlash qobiliyatini saqlab qolishi, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olish hamda salomatlikni himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, gigiyenik va tibbiy chora-tadbirlar majmui. P. jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
P. tushunchasi va uning amaliy shakli jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida iqtisod, davlat tuzumi va ilm-fanning rivojlanishiga qarab oʻzgarib turgan. P. qadim zamondan maʼlum. Qad. tibbiyotda shaxsiy gigiyena va toʻla-toʻkis ovqatlanish qoidalariga amal qilish bilan kasalliklarning oldini olishga katta ahamiyat berilgan, lekin P. 19-asrdan boshlab ilmiy jihatdan asoslab berildi. Kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishida tashqi muhitning ahamiyatini oʻrganish, mikrobiologiya, fiziologiya, immunologiya va gigiyena sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar ilmiy P.ning tashkil topishiga imkon berdi.
Zamonaviy P. inson salomatligiga salbiy taʼsir etadigan omillarni yoʻqotishni koʻzda tutadigan hamda ularning jismoniy va maʼnaviy irodalarini har tomonlama oʻstirishni taʼminlaydigan, davlat va jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan kompleks tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.
Shaxsiy, jamoat, tibbiy P. farqlanadi. Shaxsiy P.ga insonning oʻz sogʻligʻini saqlashi va mustahkamlashiga qaratilgan choralar, yaʼni sogʻlom turmush tarziga amal qilish, shaxsiy gigiyena, nikoh va oila, shuningdek, kiyim-kechak, ovqatlanish gigiyenasi, oʻsib kelayotgan avlodni gigiyenik tar-biyalash, ratsional ishlash va dam olish, faol jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish kiradi.
Jamoat P.siga jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarni jismoniy va maʼnaviy rivojlantirishni taʼminlovchi, xalq sogʻligʻiga yomon taʼsir qiluvchi omillarni kamaytirishga kara-tilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, qonuniy, tarbiyaviy, sanitar-texnik, sanitargigiyenik, epidemiologik va tibbiy chora-tadbirlar kiradi.
Tibbiy P. birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi tibbiy P. kasalliklarning kelib chiqish sabablari va rivojlanishiga qarshi qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, gigiyenik va tarbiyaviy choralar; tashqi muxitning nomaqbul taʼsiriga organizmning chidamliligini oshirish; organizmning soglom holatini saqlab qolish, unga pa-tologik taʼsir kursatuvchi omillarning oldini olish; dispanserizatsiya oʻtkazish va yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdan iborat. Ikkilamchi tibbiy P. kasalliklarni erta aniklash, patologik jarayonning rivojlanishi, uning asoratlari va retsidivlarining oldini olishga karatilgan chora-tadbirlar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng insonlarning sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga, atrof-muhitni himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sportning ommala-shuvi va profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga karatilgan qonunlar, dasturlar qabul qilindi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlari ona va bolalar kasalliklari va oʻlimining keskin kamayishiga, chilla davri kasalliklarining oldini olishga, soglom avlod yaratilishiga yordam bermoqda. Hozirgi oldingi poliklinikalar va shifoxonalar oʻrniga oilaviy poliklinika va "Onalar va bolalar" markazlari tashkil etildi. Tibbiyot intlarida oilaviy shifokorlar tayyorlash dasturiga oʻtildi. Tugʻruqxonalar oʻrnini perinatal markazlar egalladi.
21-asr boshida Oʻzbekistonda Respublika "Salomatlik" instituti, viloyatlarda uning filiallari ochiddi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |