Jump to content

Fenrir

From Vikipediya
Fenrir
shved tili. Fenrir
Mifologiya Norvegiya mifologiyasi
Jins erkak
Otasi Loki
Onasi Angrboda
Aka va singillari Yormungand, Hel, Narfi, Vali, Sleypnir
Bolalari Skoll va Hati


Fenrir Tyrning qoʻlini tishlab oldi

Fenrir (qad. nors. Fenrir, Fenrisúlfr, Hróðvitnir) — Norvegiya mifologiyasidagi ulkan boʻri, Loki va Angrbodaning oʻgʻli[1].

Xudolarning dushmani Fenrir (Dahshatli boʻri) Lokining ikkinchi farzandi edi. U dastlab xudolar tomonidan yetarlicha xavfli emas deb hisoblangan va uning Asgardda yashashiga ruxsat berildi. Boʻri Aslar orasida oʻsib ulgʻaygan va u shunchalik buyuk va dahshatli boʻlib yetishgankiu, natijada uni faqat harbiy jasorat xudosi Tyur boqishga jur'at etgan. Aslar oʻzlarini himoya qilish uchun Fenrirni zanjir bilan bogʻlashga qaror qilishdi, lekin qudratli boʻri eng kuchli zanjirlarni osongina uzib tashladi (Leding va Drommi). Oxir-oqibat, aslar ayyorlik bilan Fenrirni sehrli Gleipnir zanjiri bilan bogʻlashga muvaffaq bo'lishdi, mittilar bu zanjirni mushuk qadamlarining shovqini, ayolning soqollari, togʻ ildizlari, ayiq tomirlari (qadimda nervlarning xususiyatlari tendonlarga bogʻliq edi), baliq nafasi va qushlarning tupurigidan foydalanib yasashgan edi. Shundan keyin bu narsalardan dunyoda qolmagan. Gleipnir ipak kabi nozik va yumshoq edi. Ammo boʻri bu zanjirga oʻzini bogʻlashlariga ruxsat berishi uchun Tyur yomon niyatlar yoʻqligining belgisi sifatida qoʻlini uning ogʻziga solishi kerak edi. Fenrir zanjirdan qutilolmagach Tyurning qo'lini tishlab oldi. Aslar Fenrirni yer ostidagi qoyaga zanjirband qildi va uning jagʻlari orasiga qilich tiqdi.

Qilich sopi (dastagi) til ostida, uchi esa tanglayda joylashgan edi. Shunday qilib, qilich uning jag'ini yorib yubordi. U vahshiyona qichqirardi va og'zidan tushayotgan so'lak esa Von deb nomlangan daryoda oqardi. Shunday qilib, u oxiratagcha shunday yotadi.

Vyolvaning bashoratiga koʻra, Fenrir Ragnarok kuni zanjirlarni uzadi ("Vaftrudnirning nutqi" ("Oqsoqol Edda") ga koʻra). Jang oxirida Fenrir Odinni oʻldiradi va otasi qadimgi norse qasos va sukunat xudosi, Odin va devayol Gridning oʻgʻli Vidar uchun qasos oladi.

Ushbu bashoratga qaramay, aslar Fenrirni oʻldirmadilar, chunki „xudolar oʻzlarining muqaddas joylari va boshpanalarini Boʻrining qoni bilan bulgʻashni xohlamadilar“.

Jon R. R. Tolkienning mashhur „Silmarillion“ fantaziya asarida boʻri Karkarot qahramon Berenning qoʻlini tishlab olish syujeti mavjud. Berenning mushtini changallagan Silmaril bilan birga dahshatli bo'ri yutib yubordi. Ushbu voqeaning kelib chiqishi, shubhasiz, Tyur va Fenrir haqidagi qadimgi Nors afsonasiga borib taqaladi.

Manbalar

[edit | edit source]
  1. Bolьshoy entsiklopedicheskiy slovarь, 15000 ekz, Norint, 1998. ISBN 5-85270-160-2, ISBN 5-7711-0004-8. 

Yana qarang

[edit | edit source]