Kontent qismiga oʻtish

Alazani

Vikipediya, erkin ensiklopediya
2024-yil 6-sentyabr, 09:22 dagi Azizbek Dosanov (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Alazani, Alazan – Gruziya va Ozarbayjondagi daryo (kisman ikkala respublika chegarasidan oqadi). Uzunligi 351 km, havzasining maydoni 10800 km². Katta Kavkazning janubiy yon bagʻridan boshlanib, togʻdan chiqqach keng Kaxetiya vodiysidan oqib Mingechaur suv omboriga quyiladi. Qor, yomgʻirdan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 98 m³/sek. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Vodiy yon bagʻirlarida tokzorlar bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil