Yoʻlbars: Versiyalar orasidagi farq
kTahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 62: | Qator 62: | ||
== Yungining tuslari == |
== Yungining tuslari == |
||
=== Oq |
=== Oq yoʻlbars === |
||
[[File:Haifa White Tigers-9129-13.jpg|thumb|180px|[[Hayfa hayvonot bogʻida oq Bengal yoʻlbarslar jufti]]]] |
[[File:Haifa White Tigers-9129-13.jpg|thumb|180px|[[Hayfa hayvonot bogʻida oq Bengal yoʻlbarslar jufti]]]] |
||
Yoʻlbarsda butunlay oq tusga ega boʻlgan zotlarning paydo boʻlishiga olib keladigan [[mutatsiya]] mavjud. Bu mutatsiya sababli oq moʻynali, qora-jigarrang chiziqli va koʻk koʻzli yoʻlbarslar dunyoga keladi. Bu rang yovvoyi yoʻlbarslar orasida juda kam uchraydi, lekin tutqunlikda saqlangan populyatsiyalarda nisbatan keng tarqalgan. Oq yoʻlbarslarning paydo boʻlish imkonyati 10 mingtadan 1 ga teng<ref>{{Veb manbasi |url=https://web.archive.org/web/20081231101528/https://bigcathaven.org/cats/wild/white_tigers_genetics.htm |sarlavha=The White Tiger Fraud |til=Ingliz tili}}</ref>. Oq yoʻlbarslar tutqunlikda juda yaxshi koʻpayadi. Ular haqida birinchi qayd etilgan maʻlumot 1951-yilda, Hindistonda, ovchilardan biri oʻzi topgan yoʻlbars inidan oq yoʻlbars bolasini olib ketgan vaqtga toʻgʻri keladi. Keyinchalik, Mohan laqabli bu yoʻlbarsni oddiy tusga ega urgʻochi bilan nasl olishga harakat qilishdi va u toʻrtta oddiy rangli yoʻlbars bolalarini tugʻdi. Keyinchalik oq yoʻlbarsni oʻz avlodlaridan biri bilan chatishtirish natijasida paydo boʻlgan uchta yoʻlbars bolasidan ikkitasi oq boʻlib chiqdi. Tutqunlikdagi barcha oq yoʻlbarslar shu bir yo'lbarsning avlodlari hisoblanadi.<ref>{{Kitob manbasi |title=White tiger genetics-further evidence |author=Thornton, I.W.B. |year=1978 |publisher=J. Zool.}}</ref> Hozir butun dunyo boʻylab hayvonot bogʻlarida 130 ga yaqin oq yoʻlbars bor. <ref>{{Veb manbasi |url=https://web.archive.org/web/20080905085921/https://www.bigcatrescue.org/cats/wild/snowtigers.htm |sarlavha=Snow Tigers?}}</ref> Toshkent hayvonot bogʻida bir zot oq bengal yoʻlbarsi yashab kelmoqda.<ref>{{Veb manbasi |url=https://uzreport.news/society/toshkent-hayvonot-bogiga-baadan-oq-yolbars-fufunya-olib-kelindi |sarlavha=Toshkent hayvonot bogʻiga BAAdan oq yoʻlbars }}</ref> Keng tarqalgan tushunchalardan biri oq yoʻlbarslarni [[Albinizm|albinos]] deb hisoblash. Oq yoʻlbarslarning terisida qora chiziqlar yaqqol koʻrinishi va koʻzlarinnig rangi koʻk ekanligi bu notoʻgʻri tushuncha ekanligini koʻrsatadi. |
Yoʻlbarsda butunlay oq tusga ega boʻlgan zotlarning paydo boʻlishiga olib keladigan [[mutatsiya]] mavjud. Bu mutatsiya sababli oq moʻynali, qora-jigarrang chiziqli va koʻk koʻzli yoʻlbarslar dunyoga keladi. Bu rang yovvoyi yoʻlbarslar orasida juda kam uchraydi, lekin tutqunlikda saqlangan populyatsiyalarda nisbatan keng tarqalgan. Oq yoʻlbarslarning paydo boʻlish imkonyati 10 mingtadan 1 ga teng<ref>{{Veb manbasi |url=https://web.archive.org/web/20081231101528/https://bigcathaven.org/cats/wild/white_tigers_genetics.htm |sarlavha=The White Tiger Fraud |til=Ingliz tili}}</ref>. Oq yoʻlbarslar tutqunlikda juda yaxshi koʻpayadi. Ular haqida birinchi qayd etilgan maʻlumot 1951-yilda, Hindistonda, ovchilardan biri oʻzi topgan yoʻlbars inidan oq yoʻlbars bolasini olib ketgan vaqtga toʻgʻri keladi. Keyinchalik, Mohan laqabli bu yoʻlbarsni oddiy tusga ega urgʻochi bilan nasl olishga harakat qilishdi va u toʻrtta oddiy rangli yoʻlbars bolalarini tugʻdi. Keyinchalik oq yoʻlbarsni oʻz avlodlaridan biri bilan chatishtirish natijasida paydo boʻlgan uchta yoʻlbars bolasidan ikkitasi oq boʻlib chiqdi. Tutqunlikdagi barcha oq yoʻlbarslar shu bir yo'lbarsning avlodlari hisoblanadi.<ref>{{Kitob manbasi |title=White tiger genetics-further evidence |author=Thornton, I.W.B. |year=1978 |publisher=J. Zool.}}</ref> Hozir butun dunyo boʻylab hayvonot bogʻlarida 130 ga yaqin oq yoʻlbars bor. <ref>{{Veb manbasi |url=https://web.archive.org/web/20080905085921/https://www.bigcatrescue.org/cats/wild/snowtigers.htm |sarlavha=Snow Tigers?}}</ref> Toshkent hayvonot bogʻida bir zot oq bengal yoʻlbarsi yashab kelmoqda.<ref>{{Veb manbasi |url=https://uzreport.news/society/toshkent-hayvonot-bogiga-baadan-oq-yolbars-fufunya-olib-kelindi |sarlavha=Toshkent hayvonot bogʻiga BAAdan oq yoʻlbars }}</ref> Keng tarqalgan tushunchalardan biri oq yoʻlbarslarni [[Albinizm|albinos]] deb hisoblash. Oq yoʻlbarslarning terisida qora chiziqlar yaqqol koʻrinishi va koʻzlarinnig rangi koʻk ekanligi bu notoʻgʻri tushuncha ekanligini koʻrsatadi. |
||
Qator 69: | Qator 69: | ||
[[File:Golden tiger 3 - Buffalo Zoo.jpg|thumb|180px|[[Buffalo hayvonot bogʻida oltin yoʻlbars]]]] |
[[File:Golden tiger 3 - Buffalo Zoo.jpg|thumb|180px|[[Buffalo hayvonot bogʻida oltin yoʻlbars]]]] |
||
Oltin yoʻlbars — retsessiv gen sababli rangi oʻzgarishi paydo boʻlgan yoʻlbarsdir. Oq va qora yoʻlbarslar singari, bu alohida osttur emas, balki yung tusing boshqacha rangi. Moʻynasing tusi och yoki oltin rangi va toʻq rangli chiziqlari toʻq sariq yoki malla rangda (qora emas). Retsessiv "kengchiziqli" deb ataluvchi gen yoʻlbarslarda yungi oʻsishi davrida qora rang hosil boʻlishiga taʻsir qiladi. Bunday yoʻlbarslar tabiatda ham uchrashi mumkin, lekin juda kam hollarda. Tabiatda bunday yoʻlbarslar uchratilgani haqidagi birinchi qaydlar XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. <ref>{{Veb manbasi |url=https://messybeast.com/genetics/tigers-golden.htm |sarlavha=Golden Tigers and Genealogies |til=Ingliz tili}}</ref> |
Oltin yoʻlbars — retsessiv gen sababli rangi oʻzgarishi paydo boʻlgan yoʻlbarsdir. Oq va qora yoʻlbarslar singari, bu alohida osttur emas, balki yung tusing boshqacha rangi. Moʻynasing tusi och yoki oltin rangi va toʻq rangli chiziqlari toʻq sariq yoki malla rangda (qora emas). Retsessiv "kengchiziqli" deb ataluvchi gen yoʻlbarslarda yungi oʻsishi davrida qora rang hosil boʻlishiga taʻsir qiladi. Bunday yoʻlbarslar tabiatda ham uchrashi mumkin, lekin juda kam hollarda. Tabiatda bunday yoʻlbarslar uchratilgani haqidagi birinchi qaydlar XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. <ref>{{Veb manbasi |url=https://messybeast.com/genetics/tigers-golden.htm |sarlavha=Golden Tigers and Genealogies |til=Ingliz tili}}</ref> |
||
=== Qora yo'lbars === |
|||
Hayvonlarda uchraydigan melanizm — [[fenotip]]<nowiki/>ning bir varianti, bu turning boshqa zotlariga nisbatan ancha to'q rangga ega bo'lishi bilan tavsiflanadi. Yo'lbarslarda ham ana shunday melanistik zotlari uchrashi mumkin. Shu kungacha to'liq melanistik, qop-qora, yo'lbars uchratilgani haqida birgina ma'lumot bor. Bu haqida 1773-yilda ingliz rassomi James Forbes Hindistonning [[Kerala]] shtatida chizgan rasimidan ma'lum. Rasimning o'zi bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Chala melanistik zotlari haqida ma'lumotlar ko'proq va ularni hayvonot bog'larida kuzatish mumkin. Chala melanistik yo'lbarslarning chiziqlari qalin va bir-biriga shunchalik yaqin joylashganki ular orasida asosiy rang deyarli ko'rinmaydi.<ref>{{Kitob manbasi |title=Melanistic tigers exhibited in Nandankanan zoo |author=Barik, Satyasundar |url=https://www.thehindu.com/news/national/other-states/melanistic-tigers-exhibited-in-nandankanan-zoo/article7473887.ece |publisher=The Hindu |year=2015 |language=Ingliz tili}}</ref> So'ngi marotaba bunda yo'lbars yovvoyi tabiatda 2022-yil Hindistonning Similipal milliy bog'ida kuzatilgan.<ref>{{Yangiliklar manbasi |date=30.07.2022 |title=Watch: Rare Black Tiger Marks Its Territory In Odisha National Park |work=NDTV |url=https://www.ndtv.com/india-news/watch-rare-black-tiger-marks-its-territory-in-odisha-national-park-3209193#pfrom=home-ndtv_lateststories}}</ref> |
|||
== Biologiya va ekologiyasi == |
== Biologiya va ekologiyasi == |
2023-yil 7-avgust, 19:29 dagi koʻrinishi
Yoʻlbars | ||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Bengal yoʻlbarsining urgʻochisi Kanha milliy bogʻida, Hindiston | ||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
Yoʻlbarslarning yashash hududi
| ||||||||||||||||
| ||||||||||||||||
|
Yoʻlbars (lot. Panthera tigris) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Katta mushuklar (lot. Pantherinae) ostoilasiga kiruvchi Panthera urugʻining beshta turidan biri. Shu oilaning eng yirik vakili. Yoʻlbars umuman quruqlikdagi eng yirik yirtqichlardan biri, vazni bo'yicha faqat oq ayiq va qoʻngʻir ayiqdan kichik. Yoʻlbarsning ikkta zamonaviy ostturi aniqlab ajratilgan. Bu ikki osttur toʻqqizta populyatsiyani oʻz ichiga oladi. XXI asr boshiga faqat oltitasi saqlanib qolgan. Yolbarslarning umumiy soni 2600-3900 boshdan iborat[1]. Bengal yoʻlbarsi populyatsiyasi eng koʻp boshdan iborat, yoʻlbarslarning umumiy populyatsiyasing 40% tashkil qiladi.
XX asrda Tabiat va tabiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi qizil kitobiga kiritildi. Shu bilan bir qatorda turli davlatlar qizil kitobiga va himoya hujjatlariga kiritilgan. 2020-yil holatiga koʻra yoʻlbarslarni butun dunyoda ovlash taqiqlangan.
Etimologiyasi
Yoʻlbars sozi qadimgi turkiy tilda koʻp maʼnoli „yol“ soʻziga, qadimgi turkiy tilda katta mushuksimon hayvon manosini anglatgan „bars“ soʻziga qoʻshib tuzilgan.[2] „Bars“ soʻzi etimologiyasi oxirigacha aniq emas. „Yol“soʻzi esa oʻz oʻrnida V.V.Radlov, A.M. Sherbak, J. Kloson fikriga koʻra „chiziq“ manosini anglatadi. V.Bang fikriga koʻra esa bu shunchaki „yol“ manosini anglatadi, chunki yoʻlbarslar juda uzoq masofa bosib oʻta oladi. V.Bang shu bilan birga „yol“ soʻzi aslida „ola“ soʻzining „yol“ soʻziga paronimik oʻxshatish natijasi ham boʻlishi mumkunligini taʼkidlagan.[3]
Evropa tillarida tarqalgan yoʻlbars soʻzi (inglizcha:tiger, ruscha: тигр, nemischa: Tiger, fransuzcha: tigre) qadimgi yunoncha τίγρις „yoʻlbars“ soʻzidan kelib chiqqan. Oʻz navbatda bu yunoncha soʻz avesto tilidagi tiɣra „oʻtkir“ yoki tiɣri „oq“ soʻzidan olingan.[4]
Oʻrganish tarixi
Yoʻlbarsalga birinchi boʻlib, Felis tigris nomi ostida, Carl Linney tomonidan uning Systema Naturæ asarida tarif berilgan. Keyinchalik 1858-yilda rus tabiatshunosi Nikolay Severtsov ushbu turga Tigris striatus nomi ostida tarif beradi. 1867-yilda britaniyalik zoolog Jorj Grey Tigris regalist nomi ostida tarif beradi. 1929-yildan boshlab yoʻlbarslarni katta mushuklar (lot. Panthera) urugʻiga oid deb qolanila boshlandi.
Tashqi koʻrinishi
Tanasining uzunligi 160-290 sm (baʼzan 3 m dan ortiq), dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida koʻndalang qora yoʻllari boʻladi[5].
Tarqalishi
Yoʻlbar — faqat Osiyoda tarqalgan tur. Yoʻlbarsning tarixiy areali Uzoq Sharq, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Zond orollari boʻlgan. Hozirda ushbu hududlarning katta qismida yoʻlbarslar qirib tashlangan. Yirik populyatsiyalari Hindiston va Hindixitoy yarim orolidada saqlanib qolgan. Rossiyaning Primorye va Xabarovsk oʻlkalarida kichik populyatsiyasi mavjud. Faqatgina 1995 va 2005-yillar oraligʻida Osiyoda yoʻlbarslarning areali 40% kamaygan. Bugungi kunda yoʻlbarslar tarixiy arealing atigi 7% egallashadi[6].
Hozirgi vaqtda yoʻlbarslar 14 davlat hududida saqlanib qolgan — Bangladesh, Butan, Vyetnam, Hindiston, Indoneziya, Kambodja, Pokiston, Xitoy, Laos, Malayziya, Myanma, Nepal, Rossiya, Tailand[7]
Yoʻlbarslar turli xil landshaftlarda yashashadi: sernam tropik oʻrmonlar, babmbuk oʻrmonlari, savvanalar, chalachoʻllar, toʻqaylar, qalin qamishzor va togʻ oʻrmonlarida, shimolda tayga oʻrmonlarida yashaydi.Togʻlarda dengiz sathidan 3000 metr balandliggacha koʻtariladi.
Ostturlari
Yo'lbarsning ikkta zamonaviy ostturi aniqlab ajratilgan. Bu ikki osttur oltita zamonaviy populyatsiyani va uchta tarixiy davrda qirilib ketgan populyatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bunday tasnif 2015-yilda taklif qilingan va 2017-yilda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bir gruh mutaxasislari tomonidan qabul qilingan[6]. Bundan oldin har to'qqiz populyatsiya alohida osstur deb hisoblangan.
- Panthera tigris tigris — yo'lbarslarning ostturi, Osiyo qit'asida tarqalgan. Quyidagi populyatsiyalarni o'z ichiga oladi:
- Amur yoʻlbarsi — shuningdek Sibir yo'lbarsi, Manjur yo'lbarsi, Shimoliy-xitoy yo'lbarsi sifatida ma'lum. Asosan Primorye va Xabarovs o'lkalarida, Amur va Yahudiylar muxtor viloyatida, juda oz qismi Xitoyning shimoli-sharqida tarqalgan. Shimoliy Koreyada katta ehtimollik bilan uchrashi mumkin. 1996 va 2005[8] yillarda o'tkazilgan hisobda 480-520 bosh amur yo'lbarslari tabiatda yashashi aniqlangan. Ushbu populyatsiyaga turning eng eng yirik vakillari tegishli, 6 oylik yo'lbars bolasi bo'y va vazni bo'yicha voyaga yetgan qoplonga teng keladi. Populyatsiya qolganlardan qalin yungi, chiziqlarning kamligi, malla rangning ochroqligi bilan farq qiladi.
- Bengal yoʻlbarsi — Bangladesh, Butan, Hindiston, Nepal, Pokiston va Myanmada tarqalgan. Turli xil landshaftlarda yashaydi: sernam tropik o'rmonlardan tortib, quruq savannalar va botqoqli mangra o'rmonlarigacha. Populyatsiyang asosiy qismi Pokiston, Hindiston, Nepal va Bangladesh hududida joylashgan Hind-Ganga tekislikida tarqalgan. Hindiston hukumati ma'lumotlariga ko'ra bu populyatsiya 3100 — 4500 boshdan iborat, taxminan 3000tasi Hindiston hudida tarqalgan[9]. Ayrim hind olimlari tomonidan bu ma'lumotlar shubxa ostiga qo'yilgan va yo'lbarslarning soni 2000tadan oshmasligi aytilmoqda[10]. Bu populyatsiya soni bo'yicha eng ko'p bo'lishiga qaramay, yo'qolib ketish xavfi mavjud. Asosan brakonyerlik va tabiiy yashash muhiting buzilishi bunga sabab. Masalan Hindistonda joylashgan Sariska Milliy Bog'ida barcha yo'lbarslar brakonyerlik sababli yo'qolib ketgan[11][12]. Bengal yo'lbarsining erkagi o'rtacha 205 killogramdan 227 killogramgacha, urg'ochisi o'rtacha 140 —150 killogram. Hindiston shimoli va Nepalda tarqalgan yo'lbarslar janubdagi qardoshlaridan kattaroq, erkaklar o'rtacha 235 killogram og'irlikda.
- Hindixitoy yoʻlbarsi — shuningdek Korbet yo'lbarsi nomi bilan ma'lum. Vyetnam, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Tailand va Xitoyning janubiy qismida tarqalgan. Ushbu populyatsiya soni yurli manbalarda 1200 —1800 oralig'ida keltiriladi. Lekin pastki ko'rsatgich haqiqatga yaqinroq deb tan olinadi. Malayziyada brokonyerlikga qarshi mahalliy qonunlarning amalga oshirilishi sababli, bu mamlakatda yo'lbarslarning eng yirik populyatsiyasi yashaydi. Lekin bu yerda ham yo'lbarslar populyatsiyasi arelning qismlanishi va inbriding sababli xavf ostida qolmoqda. Vyetnamda yo'lberslarning to'rtdan uch qismi, xitoy tabobati ehtiyojini qondirish maqsadida, qirib tashlangan. Hindixitoy yo'lbarsi to'qroq tusga ega. Erkagi o'rtacha 150 — 190 killogram oralig'ida, urg'ochisi — 110 —140 killogram.
- Malay yoʻlbarsi — ushbu populyatsiya faqatgina Malakka yarim orolining janubida tarqalgan. Oxirgi olib borilgan hisoblarga ko'ra bu populyatsiya 600 — 800ta boshdan iborat. Bu uni son jihati bo'yicha uchinchi o'ringa qo'yadi. 2004-yilgacha bu populyatsiya hindxitoy yo'lbarsiga tegishli teb faraz qilingan. 2017-yilda bu mustaqil populyatsiya ekanligi isbot qilingan[13].
- Xitoy yoʻlbarsi — shuningdek Janubiy-xitoy yo'lbarsi. Xitoyning janubida tarqalgan. Bu populyatsiya eng katta xavf ostida qolgan. Tabiatda yo'qolib ketganligining katta ehtimoli mavjud. Bu populyatsiya qolganlaridan tanasing kichikligi bilan ajralib turadi: uzunligi 2,2 — 2,6 metr. Erkagi 127 killogramdan 177 killogramgacha, urg'ochilari 100 dan 118 killogramgacha. 1977-yilda Xitoy hukumati yo'lbarslarni ovlashni taqiqladi, lekin aynan bu populyatsiya saqlanishi uchun juda kech edi. Ma'lumotlarga ko'ra tabiattagi oxirgi xitoy yo'lbarsi 1994-yili otib o'ldirilgan. Hozirgi vaqtdaxitoy yo'lbarsing 59 boshi tutqunlikda saqlanmoqda (barchasi Xitoyda), lekin ularning hammasi atigi oltita yo\lbarsning avlodi hisoblanadi. Bundan ko'rinib turibdiki ushbu populyatsiyada genetik xilma-xillik juda oz. 2008-yildan boshlab Xitoy hukumati xitoy yo'lbarslarini tabiatga reintroduktsiya qilish bo'yich choralar ko'rmoqda[14].
- † Turon yoʻlbarsi — shuningdek Kavkazorti va Kaspiy yo'lbarsi nomlari ostida malum. 1960-yillar oxirida to'liq yo'q bo'lib ketgan. 1968-yilda oxirgi marotaba tabiatda uchragani dalillari bor[15]. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra oxirgi Turon yo'lbarsi 1970-yilda Turkiyada otib o'ldirilgan[16]. Bu populyatsiyaning tarixiy areali Ukrainaning va Rossiyaning janubiy qismlarini (Dog'iston, Checheniston, Shimoliy Osetiya, Krasnodar o'lkasi va Ingushiya), Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Afg'oniston, Pokiston, Iroq, Tojikiston, O'zbekiston, Qozoqiston, Turkmaniston, Suriya va Turkiya bo'lgan. 50-yil gacha Amudaryoning quyi oqimida uchragan. Turon yo'lbarsi XX asr boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan[5]. Ozarbayjonda oxirgi yo'lbars 1932-yilda Tolish tog'larida, Armanistonda Ararat vodiysida 1933-yilda otib o'ldirilgan. O'rta Osiyoda oxirgi marotaba 1954-yilda Tojikistonning “Yo‘lbars jar” qo'riqxonasida kuzatilgan. Boshqa ma'lumotlarqa qaraganda o'sha yili Turkmanistonning Eron bilan chegaradosh bo'lgan Ko'petdag tog' tizimida paydo bolgan, yo'lbars Eronning shimoliy qismidan kirib kelgan[17]. Turon yo'lbarsi boshqa populyatsiyalarga nisbatan yirik bo'lgan: eng og'ir o'lchangan erkak yo'lbarsning vazni 240 killogram bo'lgan. Yunging tusi Bengal yo'lbarsidan katta farq qilmagan, ammo chiziqlari yo'g'onroq va ko'proq bo'lgan, rangi qoradan ko'ra toq kulirang yoki jigarranga yaqinroq bo'lgan. Yungi boshqa populyatsiyalarga qaraganda uzunroq va qalinroq bo'lgan, ayniqsa qish mavsumida. Turon yo'lbarsi, Bengal yo'lbarsi bilan bir qatorda, rimliklar tomonidan gladiator janglarida gladiatorlar yoki boshqa yirtqichlarga qarshi, ayniqsa sherlarga qarshi ishlatilgan. Zamonaviy molekulyar genetika tahlillariga ko'ra Turon yo'lbarsi Amur yo'lbarsi bilan yaxlit populyatsiyani tashkil qiladi[15][17].
- Panthera tigris sondaica — yo'lbarslarning ostturi, Zond orollarida tarqalgan. Quyidagi populyatsiyalarni o'z ichiga oladi:
- Sumatra yoʻlbarsi — Indoneziyaning Sumatra orolidagina tarqalgan. Yovvoyi tabiatdagi yo'lbarslarning soni 400-500tadan iborat deb baholanadi, aksaryat qismi qo'riqxona va milliy bog'lar hududida yashaydi. Sumatra yo'lbarsi uchun asosiy xavf tabiiy muhitnig buzilishi (ormonlar kesilishi hatto yaxshi qoriqlanadigan hududlarda davom etmoqda), ammo 1998-yildan 2000-yil oralig'ida 66 yo'lbars (populyatsiyaning 20%) brokonyerlar tomonidan otib o'ldirilgan. Sumatra yo'lbarsi mavjud populyatsiyalar orasida eng kichigi hisoblanadi. Erkagi 100 - 130 killogram, urg'ochisi 70 - 90 killogram. Nisbatan kichik o'lchami orolning tropik ormonlarida yashashga bo'lgan adaptatsiya hisoblanadi.
- † Bali yoʻlbarsi — Indoneziyaning Bali orolidagina tarqalgan. Yo'lbarslarning bu populyatsiyasi ovchilar tomonidan qirib yuborilgan: oxirgi bali yo'lbarsi 1937-yilning 27-sentyabrida orolning G'arbiy qismida o'ldirilgan. Bali yo'lbarsi hech qachon tutqunlikda saqlanmagan. To'liq yo'qolib ketishiga qaramasdan bali yo'lbarsi mahalliy aholi madanyati va dinida katta ahamyatga ega.
- † Java yoʻlbarsi — Indoneziyaning Java orolida tarqalgan. Ma'lumotlarga ko'ra 1980-yillarda ovchilik va tabiiy muhitnig buzilishi sababli qirilib ketgan. Bu populyatsiyaning yo'qolishi 1950-yillarda ayon bo'ldi, bu vaqta Java orolida yo'lbarslarning soni 25tani tashkil qilardi. Oxirigi marotaba java yo'lbarsini tabiatda 1979-yili ko'rishgan.
Yungining tuslari
Oq yoʻlbars
Yoʻlbarsda butunlay oq tusga ega boʻlgan zotlarning paydo boʻlishiga olib keladigan mutatsiya mavjud. Bu mutatsiya sababli oq moʻynali, qora-jigarrang chiziqli va koʻk koʻzli yoʻlbarslar dunyoga keladi. Bu rang yovvoyi yoʻlbarslar orasida juda kam uchraydi, lekin tutqunlikda saqlangan populyatsiyalarda nisbatan keng tarqalgan. Oq yoʻlbarslarning paydo boʻlish imkonyati 10 mingtadan 1 ga teng[18]. Oq yoʻlbarslar tutqunlikda juda yaxshi koʻpayadi. Ular haqida birinchi qayd etilgan maʻlumot 1951-yilda, Hindistonda, ovchilardan biri oʻzi topgan yoʻlbars inidan oq yoʻlbars bolasini olib ketgan vaqtga toʻgʻri keladi. Keyinchalik, Mohan laqabli bu yoʻlbarsni oddiy tusga ega urgʻochi bilan nasl olishga harakat qilishdi va u toʻrtta oddiy rangli yoʻlbars bolalarini tugʻdi. Keyinchalik oq yoʻlbarsni oʻz avlodlaridan biri bilan chatishtirish natijasida paydo boʻlgan uchta yoʻlbars bolasidan ikkitasi oq boʻlib chiqdi. Tutqunlikdagi barcha oq yoʻlbarslar shu bir yo'lbarsning avlodlari hisoblanadi.[19] Hozir butun dunyo boʻylab hayvonot bogʻlarida 130 ga yaqin oq yoʻlbars bor. [20] Toshkent hayvonot bogʻida bir zot oq bengal yoʻlbarsi yashab kelmoqda.[21] Keng tarqalgan tushunchalardan biri oq yoʻlbarslarni albinos deb hisoblash. Oq yoʻlbarslarning terisida qora chiziqlar yaqqol koʻrinishi va koʻzlarinnig rangi koʻk ekanligi bu notoʻgʻri tushuncha ekanligini koʻrsatadi.
Oltin tusli yoʻlbars
Oltin yoʻlbars — retsessiv gen sababli rangi oʻzgarishi paydo boʻlgan yoʻlbarsdir. Oq va qora yoʻlbarslar singari, bu alohida osttur emas, balki yung tusing boshqacha rangi. Moʻynasing tusi och yoki oltin rangi va toʻq rangli chiziqlari toʻq sariq yoki malla rangda (qora emas). Retsessiv "kengchiziqli" deb ataluvchi gen yoʻlbarslarda yungi oʻsishi davrida qora rang hosil boʻlishiga taʻsir qiladi. Bunday yoʻlbarslar tabiatda ham uchrashi mumkin, lekin juda kam hollarda. Tabiatda bunday yoʻlbarslar uchratilgani haqidagi birinchi qaydlar XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. [22]
Qora yo'lbars
Hayvonlarda uchraydigan melanizm — fenotipning bir varianti, bu turning boshqa zotlariga nisbatan ancha to'q rangga ega bo'lishi bilan tavsiflanadi. Yo'lbarslarda ham ana shunday melanistik zotlari uchrashi mumkin. Shu kungacha to'liq melanistik, qop-qora, yo'lbars uchratilgani haqida birgina ma'lumot bor. Bu haqida 1773-yilda ingliz rassomi James Forbes Hindistonning Kerala shtatida chizgan rasimidan ma'lum. Rasimning o'zi bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Chala melanistik zotlari haqida ma'lumotlar ko'proq va ularni hayvonot bog'larida kuzatish mumkin. Chala melanistik yo'lbarslarning chiziqlari qalin va bir-biriga shunchalik yaqin joylashganki ular orasida asosiy rang deyarli ko'rinmaydi.[23] So'ngi marotaba bunda yo'lbars yovvoyi tabiatda 2022-yil Hindistonning Similipal milliy bog'ida kuzatilgan.[24]
Biologiya va ekologiyasi
Ham kunduzi, ham tunda birdek faol. Eng faol vaqti tong saharda, kechki payt va tunga to'g'ri keladi. Kunduzi asosan dam oladi. Daraxtlarga chiqmaydi, faqat yosh, ikki yoshga to'lmagan yo'lbarslar bundan mustasno. Suvdan cho'chimaydi va juda yaxshi suza oladi. Janubda tarqalgan yo'lbarslar issiq kunlarni suvda o'tlkazadi. Past havo haroratiga o'ta chidamli. Bir fasl davomida ikki marotaba yungini to'kadi: martda va sentyabrda.
Asosan ovoz chiqarmaydi. Faqat ko'payish davrida, erkaklari o'zini past o'kirish bilan bildirishadi. O'ljaga hujum qilayotgan vaqtda o'ta past irrillagan tovush chiqaradi. Odatda boshqa hayvonlar, bug'ular, to'ng'izlar va hatto odamlar qoldirgan so'qmoqlardan va yo'lakchalardan yurishni afzal ko'radi.
Hududiy va ijtimoiy xulq-atvori
Voyaga yetgan yo'lbarslar hududiy hayvonlar bo'lib, yo'lg'iz turmish tarzini olib boradi va o'z hududini ayovsiz himoya qiladi. Yo'lbarslar shaxsiy hududini turli usullar bilan belgilab chiqadi. O'z hududini shaxsiy xid bilan belgilash yo'lbarslarning asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. Siydik belgilarini asosan tik jisimlarda qoldiradi: daraxt poyasi, toshlar, butalar va h.k. Shuningdek daraxtlarga surkanish va daraxtlarni tirnash orqali ham belgi qoldirishadi.
Yo'lbarsning shaxsiy hududining maydoni yashash joyiga, o'ljaning ko'pligiga va bu hududda urg'ochilarning mavjudligiga bog'liq. Urg'ochi yo'lbars hududining maydoni taxminan 20 km² bo'lishi mumkin, erkak yo'lbarslarning hududi odatda ancha kattaroq - 60 -100 km². Voyaga yetgan erkakning yashash joyida 1:2 yoki 1:4 nisbatda bir nechta urg'ochilarining yashash joylari bo'lishi mumkin. Yo'lbarslarning o'z hududi bo'ylab harakatlanish yo'llari muntazamdir. Bunday harakatlar paytida yo'lbarslar doimiy ravishda o'z hududlarining turli qismlarini belgilaydilar, bir nechta vaqtinchalik yoki uzun mudadga yotadigan joy qilishadi. Hududi ichidagi kundalik harakatlanishi juda farq qiladi va bir qator omillarga bog'liq. Voyaga yetgan erkakning o'rtacha kunlik bosib o'tadigan masofasi 9,6 km, eng ko'pi 41 km. Urg'ochilari o'rtacha kunlik bosib o'tadigan masofasi 7 km, eng ko'pi 22 km. Urg'ochi yo'lbarslarning vaqti-vaqti bilan bir-biriga nisbatan tajovuzkorlik ko'rsatishiga qaramay, ularning yashash hududi bir-birinikiga tog'ri kelishi mumkin va bu vaziyatda ular tinch yashashadi; erkak yo'lbarslar hech qachon boshqa erkaklarning o'z hududida doimiy bo'lishiga va hatto vaqtincha o'tishiga ruxsat bermaydi.
Erkak yo'lbarslarning tajovuzkor hududiy xulq-atvorini hisobga olgan holda, ular o'rtasida yashash joylarini taqsimlash bo'yicha nizolar ko'pincha jiddiy shikastlanishga va ba'zan ulardan birining o'limiga olib keladi. Biroq, ko'pgina ziddiyatli vaziyatlarda, yo'lbarslar tahdid soladigan ko'rinish va tovushlarni ishlatish bilan cheklanadi. Erkak yo'lbarslar o'z hududini urg'ochi yo'lbarslar bilan osongina bo'lishadi, hatto o'lja bilan bo'lishadilar. Urg'ochi yo'lbarslar ham o'z o'ljalarini bo'lishishi mumkin va erkaklaridan farqli o'laroq, o'ljani boshqa urg'ochilar bilan ham bo'lishishi mumkin.
Oziqlanishi
Yovvoyi tabiatda yo'lbarslar asosan tuyoqli hayvonlar bilan oziqlanadi: Bengal yo'lbarsi uchun asosiy o'lja hind bug'usi, toʻngʻizlar va tapir kabi turlardir; Amur yo'lbarsi uchun - bug'ular, dog'li kiyik, to'ng'iz. Sumatra yo'lbarsi uchun - sambar bug'usi, to'ng'iz va qora tapir. Shuningdek, yo'lbarslar hind buyvoli, gaur va yirik bug'usimonlar kabi yirik o'txo'r hayvonlarni ovlashi mumkin. Bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan yo'lbarslar o'zlarining ovqatlanishiga xos bo'lmagan hayvonlar, masalan, maymunlar, qirg'ovullar, quyonlar, sudraluvchilar va hatto baliqlar bilan oziqlanadilar. To'laqonli ovqatlanish uchun bir yo'lbarsga yiliga 50-70 tuyoqli hayvonlar kerak bo'ladi. Yo'lbars o'ldirilgan kiyik yoki to'ng'iz bilan bir necha kun turishi mumkin, bu vaqt davomida u o'ljasini yeydi. Voyaga yetgan hind fillari yo'lbarslar ovlay olmaydigan o'ljadir, shuning uchun fillar bilan uchrashishdan qochishga harakat qilishadi, lekin ba'zida ular yosh fillarni o'ldirishlari mumkin. Yo'lbarslarning katta fillariga muvaffaqiyatli hujumlari haqida tasdiqlanmagan ma'lumotlar mavjud. Masalan, Kesri Singx yo‘lbarsning katta yoshli filni o‘ldirganini misol qilib keltiradi[25]. Bundan tashqari, yo'lbarsning katta yoshli urg'ochi Hindiston karkidonini o'ldirgani haqida kamida bitta holat ma'lum. Ba'zida yo'lbarslar itlar, sigirlar, otlar va eshaklar kabi uy hayvonlarini ovlashi mumkin. O'simliklardan faqat yozda ozuqa sifatida foydalanishadi: yong'oqlar, o'tlar, mevalar iste'mol qilishadi. Bir vaqtning o'zida yo'lbars 30-40 kg gacha go'sht iste'mol qiladi. Och qolgan katta erkaklari 50 kg gacha go'sht yeyishi mumkin. Teri osti yog' to'qimalarining mavjudligi sababli o'zlariga zarar yetkazmasdan ancha muddat oziq-ovqatsiz yashay oladi. Amur yo'lbarsida bunday qatlam 5 santimetrga yetishi mumkin.
Ov qilishi
Boshqa yirtqichlar bilan aloqasi
2—3 yilda bir marta bolalaydi, homiladorlik davri 98—112 kun, 2—6 ta bola tugʻadi; 5—6 oy emizadi. Bolalari 1—2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Soni juda kamayib ketgan, barcha kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.[5]
Odam bilan aloqasi
Yo'lbarslarni ovlash
Insonyat tarixi davomida yo'lbarsni turli maqsadlarda ov qilishgan. Yo'lbars ovchilari esa xalq orasida doim hurmat etilgan.
Rivoyatlarga koʻra, Iskandar Zulqarnayn Oʻrta Osiyoni zabt etib va Sirdaryo boʻyida Aleksandariya esxata (Xoʻjand) shahrini qurgach, Sirdaryoning shimoldagi, zamonaviy Toshkent yaqinida, yerlarga kirib, yoʻlbarslarni ovlagan.
Orta Osiyoda, hususan O'zbekistonda yo'lbarslar qadimdan ovlab kelingan. Odamxo'rlikga moyil yo'lbarslarni ovlash uchun yuzlab, hatto minglab odamlar yig;ilgan. XIX-asirning 30-yillarida Toshkentning Beshyog'och dahasida, Bo'rjar atrofida paydo bo'lgan yo'lbarslarni ovlash uchun Beklarbegi qaroriga ko'ra ikki ming odam to'plangan. Buxoroda esa, Zarafshon quyi oqimida, yo'lbarslarni ovlash uchun pishiq qafas qurilgan, ichiga qurollangan odamlar kiritilib, qafas qamishzorga olib borilgan. Bundan tashqari O'rta Osiyoda yo'lbarslar qopqon va tekis, chuqur jarga tirik uloq yoki qo'zichoq tashlab ovlangan. Yo'lbarsni yakka o'ldira olgan botir xalq orasida juda katta hurmatga ega bo'lgan. Ular yo'lbars tirnoqlarini tumor sifatida taqib yurishgan, bu Alvastiga qarshi yagona himoya vositasi deb hisoblangan.[26]
Qadimgi Koreyada yo'lbarslarni ovlash bilan maxsus ovchilar shug'ullangan va bu jarayon murakkab marosimlar bilan kechgan: yo'lbarsni nomi bilan atash mumkin bo'lmagan va ov paytida gaplashish taqiqlangan.[27] Ovchilarning kiyimlari boshqa aholi kiyimlaridan farq qilardi - ular ko'k rangli ko'ylak va munchoqlar bilan bezatilgan, ko'k matodan tikilgan salla kiyishgan, loviya donalaridan yasalgan bo'yinbog' ham ovchi usti boshining ajralmas qismi edi. Bundan tashqari ovchi albatta yo'lbars go'shtini tanovul qilishi kerak edi. Ovchilar Koreya jamiyatida imtiyozli mavqega ega bo'lib, ular davlat soliqlarini to'lashdan ozod qilingan.[27] XX asrda Koreyada yo'barslarni ovlash, ayniqsa Yaponiya istilosidan so'ng, ommaviy ermakga va vaqt o'tkazish turiga aylanadi.
Hindistonda ham yo'lbarslarni ovlash qadimdan tarqalgan. Boburiylar davridayoq yo'lbarslarni ovlash keng tarqalgan. Bu davr suratlarida yo'lbars ovi markaziy mavzu bo'lgani buning yaqqol isboti sanaladi. Lekin chinakamiga yo'lbars ovi XIX va XX asr boshida Hindistonda ommaviy tus oladi. Hindistonda ham yo'lbarslarni asosan ingliz istilochilari ovlashgan. [28]O'ldirilgan yo'lbarslardan ko'pincha tulum yasalgan, keyinchalik ular ingliz zodagonlarining uylarini bezatgan. Terining yuqori narxiga qaramay (1977-yili yo'lbars terisi ingliz bozorlarida 4.250 dollar atrofida baholangan[29]), yo'lbarsning mo'ynali hayvon sifatida foydalanilmagan. Terilardan asosan tulum va gilamlar yasashda foydalanilgan. 1875 yildan 1925 yilgacha Britaniya hukmronligi ostidagi Hindistonda atigi 50 yil ichida 80 000 dan ortiq yo'lbarslar o'ldirilgan.[30] Yo'lbars ovini ba'zi ovchilar piyoda, boshqalari fil yoki ot minib qilishgan.[31] Qirol Jorj V 1911-yilda mustamlakachi Hindistonga tashrifi chog'ida 10 kun ichida 39 ta yo'lbarsni o'ldirgan.[32]
Ikkinchi jahon urushidan so'ng yo'lbars ovi asta-sekin taqiqlana boshladi. Hozirgi kunda yo'lbarslarni ovlash butun dunyoda taqiqlangan. Ammo bunga qaramasdan brakonerlik ko'plab hududlarda hali ham gullab-yashnamoqda.
Tutqinlikda saqlanishi
Qadimgi Rim davridan boshlab yo'lbarslarni tutqinlikda ushlash odatiy holga aylangan. Yo'lbarslar gladiatorlar va boshqa ekzotik hayvonlar bilan urshtirilishdan tashqari, ko'rgazmalar, namoyishlar va gladiatorlar bilan mashg'ulotlar o'tkazish uchun boqilardi.[33] [34] XVII asrdan boshlab noyob va vahshiy yo'lbarslar, egalarining qudrati ramzi sifatida Evropa qal'alari va qasirlarida saqla boshladi. XVIII asrda yo'lbarslar hayvonot bog'i va sirkning diqqatli eksponatlariga aylandi: yo'lbars Frantsiyada 4000 frankgacha turardi (taqqoslash uchun, Liondagi tasviriy san'at professori yiliga atigi 3000 frank maosh olardi). AQShda 3500 dollargacha turadi, sherning narxi shu vaqtda 1000 dollardan oshmasdi.[35]
2007-yilda Xitoyda 4000 dan ortiq yo'lbarslar tutqunlikda yashagan bo'lib, ulardan 3000 tasi 20 ga yaqin yirik muassasalarda, qolganlari esa 200 ga yaqin kichik muassasalarda saqlangan[36]. 2020-yil ma'lumotlariga ko'ra Xitoy va Vyetnamda "yo'lbars fermalarida" 8000 ta yo'lbars tutqunlikda saqlanmoqda.[37][38]
2011-yilda AQShning 468 ta muassasasida 2884 ta yo‘lbars saqlangan[39]. 2018-yilda ularning soni 7000 tani tashkil etishi ma'lum bo'ldi. [40] Garchi AQShning o'n to'qqiz shtatida yo'lbarslarga xususiy egalik taqiqlangan bo'lsada, yana o'n beshtasida maxsus litsenziya talab qilinadi va o'n oltita shtatda hech qanday qonun-qoidalar yo'q.[41] O'n to'rtta mamlakat va mintaqadagi 105 ta tutqunlikdagi yo'lbarslarning genetik kelib chiqishi o'rganilib, ulardan 49 tasi beshta populyatsiyaga tegishli ekanligini ko'rsatdi; 52 ta hayvon aralash kelib chiqishga ega.[42] Bugungi kunda hayvonot bog'larida saqlanayotgan ko'plab Amur yo'lbarslari asli Bengal yo'lbarslari bilan chatishtirish natijasi ekanligi aniqlandi[43].
O'zbekiston hududida ham yo'lbarslar qadim davrlardan tutqunlikda saqlangan. So'ngi xonliklar davrida xon saroylari bog'larida, maxsus chuqurlarda, yo'lbarslar ushlangan.[26] Hozirgi kunda Toshken hayvonot bo'gida amur[44] va bengal[45] yo'lbarslari saqlanmoqda.
29-iyul Xalqaro yo'lbars kuni etib belgilangan.
Tana azolarining ishlatilishi
Yo'lbarslar tarqalagan barcha hududlarda ularning azolari tumor va taqinchoqlar sifatida ishlatilgan. Yo'lbars azolarining bunday ishlatilishi haqidagi eng qadimiy topilmalar Filipinning Palavan orolidan topilgan suyaklar hisoblanadi. Ularning yoshi 12000 yildan 9000 yil ilgari deb baholanadi.[46][47]
Xitoyda va Osiyoning boshqa qismlarida ko'p odamlar yo'lbarsning turli qismlari shifobaxsh xususiyatlarga ega, jumladan, og'riq qoldiruvchi va afrodizyak sifatida ishlatishadi. [48] Biron bir shifobaxsh tasiri mavjudligini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yo'q. 1993-yildan beri Xitoyda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari ichki savdosiga taqiq joriy qilingan. Xitoyda farmatsevtika preparatlarida yo'lbars qismlaridan foydalanish taqiqlangan va hukumat yo'lbarslarning brakonerligi bilan bog'liq jinoyatlar uchun o'lim jazosi mavjudligiga qaramay[49], yo'lbars tana azolari savdosi yirik qora bozor sanoatiga aylandi, hukumat va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari uni to'xtatishga urinishlari bugungi kunga qadar samarasiz bo'ldi.[29] Bosh ustiga xitoy xalq tabobati ehtiyojini qondirish uchun Xitoy, Vyetnam hamda Tailandda maxsus "yo'lbars fermalari" faoliyat ko'rsatmoqda[38]. Savdo bilan shug'ullanuvchi deyarli barcha qora bozorlar Xitoyda joylashgan bo'lib, ular mamlakat ichida yoki Tayvan, Janubiy Koreya yoki Yaponiyaga azolar jo'natilib sotilgan.[29] Buning oqibatida yo'lbarslarning xitoy populyatsiyasi 1950-yillardan 1970-yillargacha bo'lgan davr oralig'ida tijorat uchun o'ldirilishi natijasida deyarli butunlay yo'q qilindi.[29] Yo'lbars fermalari mavjudligiga qaramasdan ham, xitoy an'anaviy tibbiyoti uchun ko'plab yo'lbarslar brakonerlar tomonidan otilgan yoki tuzoqqa tushgan yovvoyi yo'lbarslar bo'lib kelmoqda. Ular asosan Xitoydan tashqarida, Rossiya, Hindiston va Janubiy-Sharqiy Osiyoda, tutilib kontrabanda yo'li bilan Xitoyga olib kelinadi. Osiyo qora bozorida yo'lbars jinsiy olatni taxminan 300 AQSh dollariga teng bo'lishi mumkin. 1990-1992 yillarda tarkibida yo'lbars azolari mavjud 27 million dona mahsulot topildi.[29] 2014-yil iyul oyida Shveytsariyaning Jeneva shahrida, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar boʻyicha xalqaro konferentsiyada, Xitoy vakili Xitoyda yoʻlbars azolarining savdosi sodir boʻlayotganini birinchi marta tan oldi.[50]
Madanyatda
Mifologiya va afsonalar
Yo'lbars Osiyo mamlakatlari xalqlari, asosan, uning tabiiy yashash joyi bo'lgan mintaqalar afsonalarining asosiy qahramonlaridan biridir. U ko'pincha hayvonlarning shohi, quruqlikda yashovchi barcha hayvonlarning egasi, hokimiyat va quch-qudrat ramzi sifatida tasvirlangan. Yo'lbars ramzini odatda harbiy jasorat bilan bog'lashadi. Yaponiyada, garchi yo'lbarslar haqida faqat rivoyatlardan ma'lum bo'lsa-da, u jasorat va jangchi-qahramonlar ramzi sanalgan.[51] Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyoda yo'lbarsalar to'g va g'orlar egasi deb izzatlashgan, qirol nasli himoyachisi, Yer va Osmoni bog'lab turishiga ishonishgan. Koreyslarda yo'lbars tasviri tushirilgan har qanday buyum tumor vazifasini o'ta olgan.
Xitoyda ular yo'lbars kuch va salomatlik ramzi bo'lib, yovuz ruhlar va kasalliklarni haydab chiqaradi, deb ishonishgan. Daosizmda bu yirtqich g'arb, oq rang, kuz va beshta asosiy elementlardan biri - suv bilan bog'langan va sharq, bahorining timsoli bo'lgan yashil ajdahoga qarama-qarshi bo'lgan. Shuning uchun yo'lbars va ajdaho o'rtasidagi kurash Xitoy tasviriy sanatida eng mashhur ramziy motivlardan biri. Yo'lbars Xitoy buddizmining uchta hissiz jonzotlaridan biri bo'lib, maymun - ochko'zlik ramzi va bug'u - shahvoniy nafs ramzi, bilan bir qatorda - g'azab ramzi sanaladi.[51] Shuningdek Xitoy rivoyatlarga ko'ra afsonaviy besh yo'lbars dunyo tomonlarini qo'riqlab turadi; ko'k yo'lbars - sharqni, qora - shimolni, qizil - janubni, ikkta oq yo'lbars g'arbni va markazni[51]. Xitoy taqvimining o'n ikkta jonzotdan uchinchisi sanaladi. Koreyada oy taqvimining birinchi oyi "Yo'lbars oyi" deb ataladi.
Qadimgi yunon va rimliklar afsonalarida yo'lbars, geografik sabablarga ko'ra, kamroq uchraydi, ammo u Osiyo mamlakatlarida bo'lgan yunonlar va rimliklarga yaxshi tanish bo'lgan. Ovidiyning ta'kidlashicha, Fetida Peley bilan turmush qurmaslik uchun yo'lbarsga aylangan. Dionis yo'lbarsni minib yurgani (Hindiston bilan bog'liq xudo) ham tilga olinadi, garchi ko'pincha bu yo'sinda boshqa har qanday mushuksimon bo'lishi mumkin. Boshqa yunon afsonalariga ko'ra yo'lbarslar ba'zan Dionis aravasini tortib yurishgan, bu yo'sinda ham boshqa har qanday mushuksimon bo'lishi mumkin edi.[51] Xususan, yo'lbarslar Goratsiyning "Odasi" da Baxusning aravasini tortib yurishadi.
Tasviriy sanat
Yo'lbars tasvirlangan birinchi tasviriy sanat asari Koguryo (miloddan avvalgi 37 - milodiy 668 yillar) hukmronligi davriga oid koreys maqbaralarida topilgan.[27] Yo'lbarslarning tasvirlari maqbaralarni himoya qilishiga ishonishgan. Maqbara devorlaridagi tavirlari bilan bir yoʻlbars tasviri qatorda bronza davriga oid koʻplab uy-roʻzgʻor buyumlari (miloddan avvalgi 1000 – 300 yillarga oid) : koʻzgu, bolta, pichoq, idishlar, qoʻngʻiroqlar, taqinchoqlar, marosim buyumlari va hokazo bo'lgan[27].
Xitoy tasviriy sa'natida yo'lbars tasviri asosiy mavzularidan biri bo'lgan.
Yo'lbarsning tasvirlari hind san'atida ham uchraydi. Eng mashhur misollardan biri bu Tipu sultonning yo'lbarsi, bu yog'ochdan yasalgan mexanik yo'lbars, qizil kiyimdagi ingliz askariga hujum qilyatgani aks ettirilgan.
Islomda tirik mavjudotlarni tasvirlash taqiqlangan bo'lib, bu ko'p jihatdan islom dini tarqalgan mamlakatlar san'atining o'ziga xosligini ko'rsatadi. Biroq Markaziy Osiyoda islom dinining keng tarqalishiga qaramasdan, yoʻlbarslar uchun oʻziga xos istisno boʻlgan. Yoʻlbars tasviri gilam va matolarda, shuningdek, Samarqand shahridagi masjidlar, jumladan, Registon maydonidagi mashhur Sherdor, nomiga qaramasdan, madrasasida yo'lbars tasvirlangan.
Evropa tasviriy sanatida ham yo'lbarslar tez-tez uchraydi, masalan, Delakruaning ov sahnalarida va Piter Pol Rubensning "Yo'lbarslar ovi" (1618) rasmida.
Adabiyot
Dunyoning ko'plab yozuvchi va shoirlari o'z asarlarida yo'lbarsni tasvirlashgan. Hind va Xitoy adabiyotida an'anaviy tarzda yo'lbarsning kuch-qudratiga etibor qaratilgan. Bu hayvon adolat, donolik va ba'zan ishqli sevgining himoyachisi sifatida gavdalangan. Yo'lbars haqidagi bunday tasavvur Yaqin Sharq adabiyotiga ko'chib o'tdi.
G'arbiy Evropa adabiyotida yo'lbarslarga munosabat turlicha edi. Masalan, Redyard Kiplingning "Jungli kitobi" asarida yo'lbars Sherxon ayyor va dahshatli hayvon sifatida tasvirlagan. Shu bilan birga, bolalar yozuvchisi Alan Miln "Vinni Pux" haqidagi asarida jozibali va quvnoq personaj - Yo'lbarsvoyni yaratdi. Yo'lbars G. L. Oldie tomonidan "Xoanga" hikoyasida ijobiy nuqtai nazardan ko'rsatilgan. Och yo'lbars - Frank Baumning Oz mamlakati haqidagi qator qissalari qahramoni.
Shoirlar ham yo‘lbarsni chetlab o‘tishmagan. Gussar-yo'lbarsning esda qolarli obrazi Nikolay Gumilyovning "Lo'lilarda" (1920) she'rida yaratilgan. Bolaligida hayvonlardan birinchi bo‘lib hayvonot bog‘ida yo‘lbarsni ko‘rgan va eslagan Luis Borxesning “Yo‘lbarslar oltini” she’riy to‘plami bor[52]. Ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda Uilyam Bleykning "Yo'lbars" she'ri juda mashhur bo'lib, unda yo'lbars, Borxesning so'zlariga ko'ra, "yovuzlik ramzi" sifatida tasvirlangan[52].
Rus yozuvchisi va etnograf VladimirKlavdiyevich arsenyevning "Ussuriysk o'lkasi changalzorlarida" kitobida, bosh qahramon Dersu Uzala yoshligida bexosdan totem hayvoni bo'lmish - yo'lbarsni o'ldirib, bir umir "tayga egasi" oldida qo'rquv va ayb hisi bilan yashadi.
Yann Martelning, 2002-yilda Buker mukofotini olgan, "Pi hayoti" romanida Richard Parker laqabli bengal yo'lbarsi bosh qahramonlardan biri.
Qoroqolpoq yozuvchisi Amet Shomuratov "Yo'lbarslar bilan uchrashuvlarim" asrida muallif bolaligida Turon yo'lbarsini uchratgani haqida yozgan.
Kino
Kino va animatsiyada yo'lbars obrazi ko'p uchraydi, ayniqsa bolalar animatsiyasida: "Kung Fu Panda" (2008) multfilmida yo'lbarsga (sharqiy jang sa'nati ustasi) Anjelina Joli tomonidan ovoz berilgan. "Olovuddin" (1992) multfilmida malika Jasmin Raja laqibli yo'lbarsni uy hayvoni sifatida boqadi. "Madagaskar 3" (2012) Vitaliy laqabli sirk yo'lbarsi ko'rsatilgan. Walt Disney 1967-yili R. Kiplingning asari asosida "Changalzorlar afsonasi" nomi ostida multfilm chiqardi. 2016-yilda "Ormon bolasi" nomi ostida film ham olindi. Vinni Puxning Walt Disney tomonidan olingan multfilmida Yo'lbarsvoy dumida sakra oladi.
Marvelning komikslar olamida Yo'lbars isimli qahramon mavjud.
2012-yilda Yann Martelning "Pi hayoti" romani asosida olingan film tanqidchi va tomoshabinlar tomonidan keng etirof etildi.
BBC 2008-yilda Devid Attenboro boshlovchiligida "Yo'lbars: Changalzorda ayg'oqchi" nomli hujjatli film olingan.[53]
Manbalar
- ↑ „IUCN red list. Panthera tigris (Tiger).“.
- ↑ Shavkat Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild). Toshkent. Universitet., 2000 — 191-bet.
- ↑ Эрванд Владимирович Севортян. Этимологический словарь тюркских языков: Общетюркские и межтюркские основы на буквы "Җ", "Ж", "Й". 4-jild. Наука, 1989 — 219-bet.
- ↑ Макс Фасмер. Этимологический словарь русского языка Макса Фасмера.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 6,0 6,1 Wilting A., Courtiol A., Christiansen P., Niedballa J., Scharf A. K., Orlando L., Balkenhol N., Hofer H., Kramer-Schadt S., Fickel J., Kitchener A. C. „Planning tiger recovery: Understanding intraspecific variation for effective conservation“ (Ingliz tili) (26 iyun 2015 yil).
- ↑ „WWF va yo'lbarslar. Yo'lbarslar haqida ko'p beriladigan savollar (ru)“ (11 may 2023 yil). 2015-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11 may 2023 yil.
- ↑ „Amur yo'lbarsi populyatsiyasi monitoringi“ (rus tili). 2015-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „Hindistonda yo'lbarslar soni o'sdi“ (rus tili).
- ↑ „Task force says tigers under siege“ (Ingliz tili). 2009-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „WPSI — Sariska Tiger Reserve“ (Ingliz tili).
- ↑ „Have you seen a tiger at Sariska since June? If yes, you’re the only one“ (Ingliz tili). 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ Kitchener A. C. „A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the cat classification task force of the IUCN cat specialist group“ (Ingliz tili) (2017).
- ↑ „BBC News channel“ (Ingliz tili). Rare China tiger seen in the wild, s. 1.
- ↑ 15,0 15,1 „Mitochondrial Phylogeography Illuminates the Origin of the Extinct Caspian Tiger and Its Relationship to the Amur Tiger“ (Ingliz tili).
- ↑ „Shaded Area: Historical Range for the Caspian tiger.“ (Ingliz tili).
- ↑ 17,0 17,1 „Yo'qotilgan boylik turon yo'lbarsi“.
- ↑ „The White Tiger Fraud“ (Ingliz tili).
- ↑ Thornton, I.W.B.. White tiger genetics-further evidence. J. Zool., 1978.
- ↑ „Snow Tigers?“.
- ↑ „Toshkent hayvonot bogʻiga BAAdan oq yoʻlbars “.
- ↑ „Golden Tigers and Genealogies“ (Ingliz tili).
- ↑ Barik, Satyasundar. Melanistic tigers exhibited in Nandankanan zoo (Ingliz tili). The Hindu, 2015.
- ↑ „Watch: Rare Black Tiger Marks Its Territory In Odisha National Park“. NDTV (2022-yil 30-iyul).
- ↑ Kesri Singx. Rajastan yo'lbarslari - Тигр Раджастана (Rus tili). Академия наук СССР, Институт востоковедения Издательство "Наука", 1979.
- ↑ 26,0 26,1 М. Е.Массон (1963). „Из прошлого тигров Центральной Азии (Историческая справка)“. Научные труды (выпуск 200) Археология Средней Азии. 151-160-bet.
- ↑ 27,0 27,1 27,2 27,3 „Koreys yo'lbarsi haqida“ (Rus tili).
- ↑ Khushmi Mehta, Chandrica Barua. „Hunting the Tiger: A Symbol of Imperial Power“. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 29,3 29,4 Novak, R. M.; Walker, E. P.. "Panthera tigris (tiger)" Walker's Mammals of the World (6th ed.).. Baltimore: Johns Hopkins University Press., 1999 — 825-828-bet.
- ↑ Mahesh Rangarajan. India's Wildlife History: An Introduction. New Delhi: Permanent Black., 2005 — 32-bet.
- ↑ Kothari, A.S.; Chhapgar, B.S.; Chhapgar, B.F., eds.. "The Manpoora Tiger (about a Tiger Hunt in Rajpootanah)". (Ingliz tili). Mumbai: Bombay Natural History Sosiety, 2005 — 22-27-bet.
- ↑ Lodh, S.. "Portrayal of 'Hunting' in Environmental History of India". Altralang Journal. 2 (02), 2020 — 199-bet.
- ↑ Auguet, Roland. Cruelty and civilization: the Roman games. (Ingliz tili). Psychology Press., 1994 — 83-85-bet.
- ↑ Baker, William. Sports in the Western World.. University of Illinois Press, 1988 — 33-bet.
- ↑ Baratay, Eric. Zoo: A History of Zoological Gardens in the West (Ingliz tili). Reaktion Books, 2004 — 19-bet.
- ↑ Nowell, K. and Ling, X.. Taming the tiger trade: China's markets for wild and captive tiger products since the 1993 domestic trade ban. Hong Kong: TRAFFIC East Asia, 2007.
- ↑ „«Нам нужны тигры, которые боятся человека». “.
- ↑ 38,0 38,1 Leigh Henry. „What I saw at a Chinese tiger farm and what it means for wild tigers“ (2020).
- ↑ Wildlife Watch Group. Less than 3,000 Pet Tigers in America. Wildlife Times, 2011 — 12-13-bet.
- ↑ James Jeffrey. „Does the US have a pet tiger problem?“ (Ingliz tili).
- ↑ „"Summary of State Laws Relating to Private Possession of Exotic Animals"“.
- ↑ Luo, S.; Johnson, W. E.; Martenson, J.; Antunes, A.; Martelli, P.; Uphyrkina, O.; Traylor-Holzer, K.; Smith, J. L.D.; O'Brien, S. J.. "Subspecies Genetic Assignments of Worldwide Captive Tigers Increase Conservation Value of Captive Populations". Current Biology, 2008 — 592-596-bet.
- ↑ Sanderson, J.; Moulton, M.. Wildlife Issues in a Changing World (2 ed.). Wildlife Issues in a Changing World, 1998 — 133-bet.
- ↑ „ТИГР АМУРСКИЙ“ (Rus tili).
- ↑ „Fufunya o‘z uyini topdi“.
- ↑ Van der Geer, A.; Lyras, G.; De Vos, J.; Dermitzakis, M.. Evolution of Island Mammals: Adaptation and Extinction of Placental Mammals on Islands.. John Wiley & Sons, Inc., 2011 — 220-347-bet.
- ↑ Ochoa, J.; Piper, P. J.. Climate Change and Human Responses: A Zooarchaeological Perspective.. Springer., 2017 — 79-80-bet.
- ↑ Harding, Andrew. „"Beijing's penis emporium"“. BBC News. (23- sentyabr 2006).
- ↑ Nowell, K.. "Asian big cat conservation and trade control in selected range States: evaluating implementation and effectiveness of CITES Recommendations". TRAFFIC International., 2007.
- ↑ „Conservationists shocked by Chinese admission of tiger skin selling“. Shanghai Sun (12-iyul 2014).
- ↑ 51,0 51,1 51,2 51,3 Tresidar Jek. Словарь символов. - Ramzlar lug'ati (Rus tili), 1999 — 430-bet.
- ↑ 52,0 52,1 Jorge Luis Borges. Conversations (Ingliz tili) University Press of Mississippi: , 1998 — 169-bet.
- ↑ „Tiger“ (Ingliz tili). Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.